Leonid Vilenovich Kanter (; 1981-yil 27-iyul, Kiyev, Ukraina SSR, SSSR — 2018-yil 4-iyun, Obirki, Chernigov viloyati, Ukraina) — ukrainalik hujjatli filmlar rejissyori, prodyuser, telejurnalist va yozuvchi. Ukraina sharqidagi qurolli mojaro haqida bir qancha hujjatli filmlar muallifi, jumladan, „Mif“ hujjatli filmining hammuallifi. Biografiyasi Leonid Kanter 1981-yil 27-iyulda Kiyevda tugʻilgan. Bolaligi va yoshligi shu yerda oʻtgan. 1998-yilda 145-sonli Kiyev tabiiy fanlar litseyini tamomlagan. 2002-yilda I. K. Karpenko-Kari nomidagi Kiyev milliy teatr, kino va televideniye universitetini tamomlagan. 1999-yildan Ukraina televideniyesida ishlagan. Shu yildan „Priydeshnі znamenitostі“ koʻrsatuvi boshlovchisi boʻlgan. 2003-yilda oʻzining birinchi „Lizard Films“ kinostudiyasiga asos solib, 50 dan ortiq qisqa metrajli filmlar va bir nechta toʻliq metrajli hujjatli filmlarni suratga olgan. 2004—2007-yillarda I. K. Karpenko-Kari nomidagi Kiyev milliy teatr, kino va televideniye universitetida dars bergan. 2005-yilda talabalar jamoasiga Ukrainadagi birinchi sayyohlik markazai „Plitse“dagi togʻ yoʻlini tozalashga yordam beradi. 2007-yilda „Xutor Obirki“ ijodkorlar jamoasiga asos solgan. Jamoaning qarorgohi Chernigov viloyatining Obirki qishlogʻida joylashgan, bu yerda festivallar, sanʼat tadbirlari, milliy bayramlar, ijodiy maktablarning kechalari oʻtkazilgan. Eng mashhur tadbirlari „XLEB svoimi rukami“ va „Mama Afrika“ birinchi afro-etnik festivali boʻlib, unda ishtirok etgan mehmonlari orasida kinorejissyor Mixaylo Illenko, vazirlar Igor Shvayka, Volodimir Omelyanlar ham bor boʻlgan. 2010-yillarda Obirok tumanida qoʻriqxona tashkil etish tarafdori boʻlgan, ammo bu hech qanday natijani bermagan. Yevromaydonni faol qoʻllab-quvvatlagan. 2014-yil mart oyida Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimga tashrif buyuradi. 2018-yilning 4-iyun kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 22:00da Ukrainaning Chernigov viloyati Obirki qishlogʻida boshidan oʻq jarohati bilan oʻlik holda topilgan. Dastlabki versiyaga koʻra, oʻz joniga qasd qilganMiroslav Gay facebook, 6 chervnya 2018 17:44.. Oʻz joniga qasd qilishi toʻgʻrisida maktub qoldirgan, uning mazmuni oshkor etilmagan.
Filmografiyasi 2001 — „Chelovek bez shlyapi“ — Rejissyor 2002 — „Yolka“ — Rejissyor 2003 — „Ponyatiya“ — Rejissyor 2003 — „Gnev“ — Rejissyor 2006 — „S taburetom cherez Gimalai“ (uch qismli) — Prodyuser, ssenariy muallifi 2014 — „Voyna za svoy schyot“ (I. Yasniy bilan birgalikda) — Rejissyor 2015 — „Dobrovolsi bojego soyuza“ (I. Yasniy bilan birgalikda) — Rejissyor 2018 — „Mif“ (I. Yasniy bilan birgalikda) — Rejissyor Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:2018-yilda vafot etganlar Turkum:4-iyunda vafot etganlar Turkum:Kiyevda tugʻilganlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:27-iyulda tugʻilganlar