Oʻktam Sadin (1965-yil; Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Suvliq qishlogʻi - 2025-yil 3-iyun) — oʻzbekistonlik shoir. Ijodi Shoirning „Koʻngil kulbasi“, „Bardosh tonggi“, „Oʻzimni uygʻotdim“ singari sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Asarlari „Qashqadaryo bayozi 2“, „Soʻz tashrifi“ sheʼriy turkumlaridan ham joy olgan.

Oʻktam Sadinning sheʼrlari bir nechta gazeta va jurnallarda chop etilgan. Jumladan, „Sharq yulduzi“, „Yoshlik“, „Mushtum“ jurnallari va „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bunga misol boʻla oladi. Shoir „Bardosh tonggi“ toʻplami orqali mashhurlikka erishgan. Oʻktam Sadinning ayollar haqidagi „Ayolimga“, „Sogʻinchlar sargʻayar“, „Qizimning sheʼrlari“, „Sogʻindim“, „Taqdir“, „Ayolni kamsitmang“, „Onamga“ kabi sheʼriy toʻplamlari chop etigan.

Oʻktam Sadin „Inson manfaati“ gazetasi direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Manbalar

Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik shoirlar