Alfred Karl Neuland (1985-yil 10-oktyabr) – rossiyalik va estoniyalik ogʻir atletikachi. Estoniya tarixidagi birinchi olimpiya chempioni (1920), jahon chempioni (1922), 1924-yilgi olimpiya oʻyinlarining kumush medali sohibi.

Tarjimayi holi 1895-yil 10-oktyabrda Valka shahrida tugʻilgan. Uning Voldemar va Felix ismli ukalari boʻlgan.

Yoshligida Alfred Rigada yashagan va oʻqigan. Uning qoʻshnisi Helmut Saretok Sovet Rossiyasining uch hatlab sakrash boʻyicha birinchi rekordchisi edi. Alfredning hovlida ikki kilogrammlik tosh koʻtarayotganini koʻrib, Helmut ham ogʻir atletikaga qiziqib qolgan.

Alfred Neuland birinchi jahon urushi va Estoniyadagi ozodlik urushida ishtirok etgan.

Faoliyati Tallindagi Kalev klubida mashgʻilot oʻtkazgan. 16 yoshidan (1911) musobaqalarda ishtirok eta boshlagan. 1915 va 1916-yillarda yengil vazn toifasida Rossiya chempioni boʻlgan. Bir yildan soʻng esa oʻrta vazn toifasida chempionlikni qoʻlga kiritgan.

1920—1924-yillarda Estoniya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Antverpendagi olimpiya oʻyinlarida qatnashgan va yengil vazn toifasida (67,5 kilogrammgacha) chempion boʻlgan. Jami 257,5 kg (72,5 + 75 + 110) toshni koʻtarishga muvaffaq boʻlgan.

1922-yilda jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 1923-yilda Gotenburg oʻyinlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 1918-yildan 1924-yilgacha Alfred turli vazn toifalarida koʻp marta Estoniya chempioni boʻlgan.

1924-yilda Alfred Neuland oʻz faoliyatidagi ikkinchi olimpiya oʻyinlarida qatnashgan va 75 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan .

Faoliyati davomida Neuland 12 ta jahon, 10 ta Olimpiya va 45 ta Estoniya rekordini oʻrnatgan. Estoniya SSRda xizmat koʻrsatgan sport xodimi .

Faoliyatini yakunlagandan soʻng Sport faoliyatini yakunlab, oʻz qishlogʻida tadbirkorlik bilan shugʻullangan. 1950-yildan 1955-yilgacha Tallindagi Estoniya alkogolsiz ichimliklar eksperimental zavodini boshqargan.

Murabbiy va sport hakami sifatida ham faoliyat yuritgan. Butunittifoq toifasidagi hakam (1955V Komitete po fizkulture i sportu // Sovetskiy sport. – 2 fevralya 1956. – № 14. – S. 2.). Daniil Ganyukov, Boris Melikov, Mati Nuude kabi sportchilarga murabbiylik qilgan. Eesti Spordilehti Alfred Neuland haqida maqola eʼlon qilgan.

1966-yil 16-noyabrda vafot etgan. Tallinda dafn etilgan. Manbalar

Turkum:1966-yilda vafot etganlar Turkum:16-noyabrda vafot etganlar Turkum:1895-yilda tugʻilganlar Turkum:10-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:Shavkatli mehnat uchun medali sohiblari