Irina Rîngaci (2001-yil 23-avgustda tugʻilgan) – moldovalik erkin kurashchi. Norvegiyaning Oslo shahrida 2021-yilda oʻtkazilgan kurash boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida 65 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Moldova nomidan kurash boʻyicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi ayol kurashchidir. Rîngaci, shuningdek, kurash boʻyicha Yevropa chempionatida toʻrt karra, jumladan ikkita oltin medal sohibasidir.
Karyera
Argentinaning Buenos-Ayres shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi oʻsmirlar yozgi Olimpiadasida Rîngaci qizlar oʻrtasidagi 57 kg vazn toifasida 4-oʻrinni egallagan. 2019-yilda Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida 62 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritadi.
Serbiyaning Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan 2020-yili yakka kurash boʻyicha Jahon kubogida Rîngaci ayollar oʻrtasida 65 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2021-yil mart oyida Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa saralash turnirida 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olish umidida qatnashgan. 2021-yil aprel oyida Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha 2021-yilgi Yevropa chempionatida Rîngaci oʻz vazn toifasida oltin medali sohibasi boʻlgan. 2021-yilning may oyida Bolgariyaning Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan Jahon olimpiya saralash turnirida Rîngaci Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagan. Oʻsha oyning oxirida Shimoliy Makedoniyaning Skopye shahrida oʻtkazilgan 23 yoshgacha boʻlgan kurash boʻyicha Yevropa chempionatida, 2021-yilda Rossiyaning Ufa shahrida kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham oʻz yoʻnalishida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Ayollar oʻrtasida 68 kg vazn toifasida 2022-yilda Bolgariyaning Veliko Tırnovo shahrida oʻtkazilgan Dan Kolov va Nikola Petrov turnirida, Bolgariyaning Plovdiv shahrida 2022-yilda boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha 23 yoshlilar oʻrtasida Yevropa chempionatlarida oltin medal sohibasi boʻlgan. Oʻsha oyda Rîngaci Vengriyaning Budapesht shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Yevropa chempionatida 68 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Oltin medal uchun bahsda fransiyalik Paulin Lekarpentierni magʻlub etgan. Bir necha oy oʻtgach, Italiyaning Rimda boʻlib oʻtgan Matteo Pellicone Ranking Series 2022 musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
2022-yil sentabr oyida Serbiyaning Belgrad shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha 2022-yilgi jahon chempionatida Rîngaci 68 kg vazn toifasida bronza medallaridan biriga ega chiqqan. Bir oy oʻtgach, Ispaniyaning Pontevedra shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi U23 kurash boʻyicha jahon chempionatida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan.
Rîngaci Xorvatiyaning Zagreb shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilgi Grand Prix Zagreb Open turnirida ayollar oʻrtasida 68 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilda kurash boʻyicha U23 Yevropa chempionatida bronza medalga, 2023-yilda Xorvatiyaning Zagreb shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Yevropa chempionatida 65 kg vazn toifasida kumush medalga ega chiqqan. 2023-yil iyun oyida Rossiyaning Vladikavkaz shahrida boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha Poddubniy 5-ligasida Ríngachi rossiyalik Xanum Veliyevaga yutqazib qoʻygan.
Rîngaci Serbiyaning Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilda kurash boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida 68 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan. Natijada 2024-yilda Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Moldova uchun kvota olish huquqini qoʻlga kiritgan. Bronza medali uchun bahsda yaponiyalik Ami Ishini magʻlub etgan.
Rîngaci Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan 2024-yilgi kurash boʻyicha Yevropa chempionatida 65 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan. Bronza medali uchun bahsda turkiyalik Kadriye Aksoyni magʻlub etgan.
Yutuqlari Yil Turnir Oʻtkazilgan joy Natija Toifa 2021 Yevropa chempionati Varshava, Polsha 1 Erkin uslub 65kg Jahon chempionatlari Oslo, Norvegiya 1 Erkin uslub 65kg 2022 Yevropa chempionati Budapesht, Vengriya 1 Erkin uslub 68kg Jahon chempionatlari Belgrad, Serbiya 3 Erkin uslub 68kg 2023 Yevropa chempionati Zagreb, Xorvatiya 2 Erkin uslub 65kg Jahon chempionatlari Belgrad, Serbiya 3 Erkin uslub 68kg 2024 Yevropa chempionati Buxarest, Ruminiya 3 Erkin uslub 65kg
Manbalar
Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar