Kazys Grinius (talaffuzi: [kɐˈzʲiːs ˈɡʲrʲɪnʲʊs], 1866-yil 17-dekabr – 1950-yil 4-iyun) – Litvaning uchinchi prezidenti boʻlib, 1926-yil 7-iyundan 1926-yil 17-dekabrgacha ushbu lavozimni egallagan . Ilgari u 1920-yil 19-iyundan 1922-yil 18-yanvargacha Litvaning beshinchi Bosh vaziri boʻlib ishlagan. Holokost paytida odamlarni qutqargani uchun vafotidan soʻng, 2016-yilda Litva hayotni qutqaruvchi xochi (inglizcha: Life Saving Cross) bilan taqdirlangan va Xalqlar orasida solih (inglizcha: Righteous Among the Nations) deb tan olingan.

Hayoti

Grinius Rossiya imperiyasining bir qismi boʻlgan Avgustuv gubernatorligidagi Marijampole yaqinida joylashgan Selema shahrida tugʻilgan. U Imperator Moskva universitetida tibbiyot fakultetida tahsil olgan. Yoshligidan Litva siyosiy faoliyatiga aralashib, Rossiya imperiyasi tomonidan taʼqibga uchragan. 1896-yilda u Litva Demokratik partiyasi (LDP) va Litva xalq dehqonlari ittifoqi (LVLS) partiyalarining asoschilaridan biri edi. Oʻsha yili u Joana Pavalkytėga uylangan. Bir muncha vaqt ular Virbalisda yashagan. 1899-yilda ularning oʻgʻli Kazys , 1902 yilda esa qizi Grajina tugʻildi. Birinchi jahon urushi paytida ular Kislovodskda yashagan. 1918-yilda Qizil Armiya hujumi paytida uning xotini va qizi rus terrorchilari tomonidan oʻldirilgan. Ular Kislovodsk qabristoniga dafn qilingan.

1918-yilda Litva mustaqillikka erishgach, Grinius Litva xalq dehqonlari ittifoqi partiyasi aʼzosi sifatida Taʼsis majlisiga aʼzo boʻldi. U 1920-yildan 1922-yilgacha bosh vazir lavozimida ishlagan va Sovet Ittifoqi bilan shartnoma imzolagan. U 3-chaqiriq Litva Respublikasi Seymi tomonidan prezident etib saylangan. Biroq u atigi olti oy xizmat qilgan. U Litvani egallash uchun yaqin orada kommunistik fitna borligini daʼvo qilgan Antanas Smetona boshchiligidagi toʻntarish natijasida agʻdariladi. Grinius keyinchalik Kaunasda tibbiyot bilan shugʻullangan. 1941-yilda fashistlar Germaniyasi Litvaga bostirib kirganida, Grinius Litvani har qanday xorijiy kuchlar tomonidan bosib olinishiga qarshi chiqqani uchun nemislar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortadi. 1944-yilda Sovet armiyasi Litvani qayta bosib olgach, u Gʻarbga qochgan va 1947-yilda AQShga koʻchib ketgan.

Kazys Grinius 1950-yilda Chikagoda vafot etgan. 1990-yilda Litva mustaqillikka erishgach, uning qabri Litvaga qaytariladi va qayta dafn etiladi.

Galereya

Manbalar

Turkum:Litva prezidentlari