Ad-Dirbasiya (, ) Suriyaning Turkiya bilan chegarasida, Turkiyaning Şenyurt shahri qarshisida joylashgan shaharcha. Maʼmuriy jihatdan Hasaka muhofazasi tarkibiga kiradi. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Ad-Dirbasiya aholisi 8,557 kishini tashkil qilgan. Ushbu shaharcha 2004-yilda umumiy aholisi 55,614 kishi boʻlgan 113 ta aholi punktlaridan iborat nohiyaning („okrug“) maʼmuriy markazi hisoblanadiGeneral Census of Population and Housing 2004. Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Al-Hasakah Governorate. . Shahar aholisining asosiy qismini kurdlar va arablar, kamroq qismini esa ossuriylar tashkil qiladi.
Hudud janubiy tomondan avtomobil yoʻli orqali Tal Beydar bilan bogʻlangan.
Fuqarolar urushi 2012-yil 22-iyulda, Suriya fuqarolar urushi paytida, kurdlar boshchiligidagi YPG kuchlari shaharni nazoratga olgan. Suriya hukumat kuchlari YPG bergan ultimatumdan keyin shaharni tark etgan. Shunday qilib, shahar AANESga kiritilgan. Suriya armiyasi 2019-yil oktyabr oyida ikkinchi Shimoliy Suriya bufer zonasi kelishuvi doirasida shaharga kirgan.
2020-yilning 16-iyulida turk ekanligi gumon qilingan nomaʼlum uchuvchisiz samolyot ad-Dirbasiya janubidagi Rossiya koordinatsiya nuqtasiga zarba bergan. Zarbada ikki rus askari, bir SAA aʼzosi va ikki Osoyish aʼzosi yaralangan. Shaharchadagi cherkovlar Avliyo Assiya al-Hakim suryoniy pravoslav cherkovi (كنيسة القديس مار آسيا الحكيم للسريان الأرثوذكس) Manbalar
Turkum:Ras al-Ayn okrugi aholi punktlari Turkum:Suriyadagi shaharchalar Turkum:Suriya — Turkiya chegara oʻtkazish punktlari Turkum:Suriyadagi kurd jamiyatlari