Ali Buhara Mete (20-fevral, 1983-yil) turkiyalik aktyor, qoʼshiqchi sanʼatkor va ssenariychi.

Hayoti Ali Buhara Mete 1983-yil 20-fevralda Istanbulda tavallud topgan. Otasining ismi Ömer Lütfi. Mete Istanbul Bilim Universitetining Siyosatshunoslik Fakultetida taʼlim olgan. 2012 – 2015-yillarda suratga olingan „Qashqirlar makoni“ serialida Milliy Xavfsizlik Tashkilotining boshligʼi Akif rolini serialning 3 mavsumida ijro etgan. 2016-yilda „Posta kutusu“ kino filmida Berk ismli yigit rolida oʼynagan va filmning ssenariysini yozgan. Aynan shu filmdagi roli uchun Kosova Film Festivalida „Eng yaxshi ssenariy“ mukofotini qoʼlga kiritgan. 2017-yilda teleekranlarda namoyish etilgan „Yarım Kalan“ kino filmida bosh rolda oʼynaydi. Xuddi shu yili „Sevda Kuşun Kanadında“ serialida Mete obrazi bilan tomoshabinlar eʼtiboriga tushdi. 2018-yilda „Direniş Karatay“ filmida Sultan Giyaseddin Keyhüsrev rolida oʼynadi. „Diriliş Ertuğrul“ serialida Mergen obrazini gavdalantirgan Mete keyinchalik, 2019-yil 27-dekabrda ekranlarda mashhur boʼlgan „Şuursuz Aşk“ filmida Nihat Aslan obrazini jonlantirdi. Filmografiyasi Yil Film Rol 1995 Ortaklar Ali 2005 Yolun Sonu Tarık 2007 Eşref Saati Mete 2010 Halil İbrahim Sofrası Şener 2011 Bir Kadın Tanıdım Hüseyin 2012-2015 Kurtlar Vadisi Pusu Akif2016Posta KutusuBerk2017Yarım KalanAramSevda Kuşun KanadındaMete2018Direniş KaratayGıyâseddin Keyhüsrev|Gıyaseddin Keyhüsrev2019Diriliş ErtuğrulMergenŞuursuz AşkNihat2020-2021Payitaht AbdülhamidManyas2021Benim HayatımSenarist2022Yalnız KurtMûstakim Pazar2023Metamorfoz: KırılmaBülent Şahin1973: Biltmore Oteli CinayetiAv. James Lindsey2024-Mehmed: Fetihler SultanıKara Mustafa

Manbalar