Rumeli Hisor qal’asi () – Istanbulning Sariyer tumanida qurilgan hisor qalʼa. Qal’a Mehmed II Fotihning Istanbulni egallash vaqtida Qora dengizdan kelishi mumkin boʻlgan kemalarni toʻxtatish maqsadida Istanbul Boʻgʻozining eng tor (698 m) qismida Anadoluxisar qal’asining qarshisida bunyod etilgan. Tarixi Hisorning qurilish ishlari 1452-yil 15-aprel kuni boshlagan. Hisor qurilishi davomida, ishlarning nazorati posholarga boʻlib berilgan. Xususan, hisorning dengiz tarafiga qaragan qismini sulton Mehmed II Fotihning oʻzi nazorat qilgan. Dengizdan qaraganda hisorning oʻng tomondagi qismi Saruca Poshoning, chap tomoni esa Zaganos Mehmed poshoning, dengizning qirgʻogʻidagi minora Chandarli Halil poshoning nazoratiga topshirilgan. Rumeli Hisor qal’asi Konstantinopolning qulashi vaqtida qarshisidagi Anadoluxisar qal’asi bilan muhim ahamiyat kasb etgan. Galeri
Yana qarang Konstantinopolning qulashi Konstantinopol devorlari Anadoluxisar qal’asi Havolalar Turkum:Istanbul binolari va inshootlari Turkum:Usmonli imperiyasi Turkum: Turkiya Qal'alari