Blog ( – „veb-jurnal“ soʻzidan), bu veb-saytning bir koʻrinishi boʻlib, undagi maqolalar xronologik tarzda yoziladi. Aksariyat bloglarda maʼlum bir mavzuga tegishli yangilik yoki sharh chop etiladi; boshqalari esa shaxsiy onlayn kundalik sifatida xizmat koʻrsatadi.
Tarixi
Washington Profile maʼlumotlarga koʻra birinchi blog varaqasiga 1992-yili TIM BERENS-Li tomonidan yangiliklar nashr etgan. 1996-yili bloglardan foydalanish keng ommaga yoyildi.
1999-yil avgust oyida San-Fransiskolik PYRA LABS kompaniyasi Blogger saytini ochdi. U birinchi bepul blog xizmati edi. Keyinchalik Blogger Google kompaniyasi tomonidan sotib olndi. 2004-yili Apple kompaniyasi hali rasmiy eʼlon qilinmagan yangi tavarlari haqida bloggerlar maʼlumotlar tarqatganligi uchun bloggerlarni sudga berdi, ammo sutda yutqazib qoʻyishdi.
2006-yili sud bloggerlar ham jurnalistlar ega boʻlgan huquqlarga ega deb qaror chiqardi.
Blog turlari Mualliflik turlariga koʻra. Shaxsiy blog – bir kishi tomonidan yuritiladi. (qoidaga koʻra blog egasi tomonidan). Timsoliy blog – malum boʻlmagan noaniq shaxs tomonidan yuritiladi..
Jamoali yoki ijtimoiy blog – blog egasi aniqlab bergan malumotlar asosida bir guruh shaxslar tomonidan yuritiladi.
Jamiyat blogi – bir tashkilot azolari tomonidan yuritiladi.
Multimedia turlariga koʻra.
Matnli blog – matnlar asosida tuzilgan blog.
Suratli blog – suratlar asosida tuzilgan blog.
Musiqiy blog – musiqalar asosida tuzilgan blog.
Video blog – video fayllar asosida tuzilgan blog.
Texnik asoslariga koʻra
Stand alone blog – alohida xosting va dvijkali blog
Blog-platforma – blog xizmati kuchi asosidagi blog(LiveJournal, LiveInternet va hokazo).
Moblog – mobil veb blog, kontentli. Manbalar
Oʻqish uchun
Alavi, Nasrin. We Are Iran: The Persian Blogs, Soft Skull Press, New York, 2005. . Bruns, Axel, and Joanne Jacobs, eds. Uses of Blogs, Peter Lang, New York, 2006. . Blood, Rebecca. „Weblogs: A History and Perspective“ . „Rebeccaʼs Pocket“. Kline, David; Burstein, Dan. Blog!: How the Newest Media Revolution is Changing Politics, Business, and Culture, Squibnocket Partners, L. L.C., 2005. . Gorman, Michael. „Revenge of the Blog People!“. Library Journal. Heriot, Gail, Are Modern Bloggers Following in the Footsteps of Publius (and Other Musings on Blogging by Legal Scholars…), 8 Wash. U. L. Rev. 1113 (2006). Ringmar, Erik. A Blogger’s Manifesto: Free Speech and Censorship in the Age of the Internet (London: Anthem Press, 2007). Rosenberg, Scott, Say Everything: how blogging Began, what itʼs becoming, and why it matters, New York : Crown Publishers, 2009.
Havolalar
Turkum:Internet