Aleksandr Aleksandrovich Juravlyov (; 1956-yil 27-noyabr) – sovet nafaqadagi futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Biografiya U Sverdlovskning „Kalininets“ jamoasida havaskorlar musobaqalarida futbolchilik faoiyatini boshlagan. 1978-yilda u shaharning yetakchi jamoasi „Uralmash“ ga oʻtdi va toʻrt mavsum davomida birinchi va ikkinchi ligada 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.
1982-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. U klub safida SSSR kubogidagi debyut uchrashuvini 1982-yilning 20-fevralida „Zvezda“ (Jizzax)ga qarshi oʻtkazib, gol urgan. U oliy ligadagi debyutini 1982-yil 26-martda Moskvaing „Torpedo“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va ilk golini 1982-yil 26-aprelda Bokuning „Neftchi“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritdi. Oliy ligada atigi uch mavsumda u 77 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urgan.
1980-yillarning oʻrtalarida u Janubiy kuchlar guruhi (Vengriya) jamoasida oʻynagan. 1991-yilda u Kanadaning Toronto Blizzard (1986–1993) jamoasida oʻynagan va Kanada vitse-chempioniga aylangan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1956-yilda tugʻilganlar Turkum:27-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:FC Ural Yekaterinburg futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar