André restorani – Singapurda fransuz Nouvelle (yangi fransuz oshaxonasi) taomlarini xoʻrrandalarga taqdim etadigan restoran. Restoran 2010-yil 10-oktyabrda bosh oshpaz boʻlib ishlagan Andre Chiang tomonidan ochilgan. 2018-yil 15-fevralida restoran yopilgan.
Maqtovlar André restorani xalqaro nashrlarda koʻplab maqtovlarga sazovor boʻlgan. 2011-yilda restoran The New York Times gazetasining samolyotda borib sayohat qilishga arziydigan dunyodagi eng yaxshi 10 ta restoran roʻyxatiga kiritilgan. 2016-yilda The Daily Telegraph jurnalida Singapurdagi eng yaxshi restoranlardan biri sifatida koʻrsatilgan. 2017-yilda oshpaz Claude Bosi restoranni Singapurdagi eng yaxshi taomlar restoranlaridan biri deb atagan.
Restaurant jurnali André restoranini Singapurning eng yaxshi restorani deya tariflab, Osiyodagi eng yaxshi 50 ta restoranlarning yillik roʻyxatida birinchi oʻntalikka kiritilgan. U 2018-yilda yopilguncha mashxurligini saqlab qolgan. Jurnal uni 2017-yilgi reytingda Osiyodagi ikkinchi eng yaxshi restoran deb atagan. Restoran, shuningdek, jurnalning 2017-yilgi nashrida „Dunyoning eng yaxshi 50 ta restorani“ roʻyxatida 14-oʻrinni egallagan.
Restoran Mishel qoʻllanmasining 2016-yil Singapurdagi ilk nashrida ikki yulduz olgan.
2017-yil 10-oktabrda, Chiang 2018-yil 14-fevral sanasida oʻz xoʻrrandalariga soʻnggi marta xizmat koʻrsatishi va André restoranini yopishini eʼlon qilgan. Shuningdek, u oʻzining Mishel yulduzlarini ham qaytarib bergan va Singapurdagi Mishel qoʻllanmasining 2018-yilgi nashriga kiritilmasliklarini soʻragan. Restoran 2018-yil 15-fevralda yopilgan.
2018-yil mart oyida oshpaz Andre Chiang Tayvandagi boshqa bir restoranni, André restorani oʻrniga yangi konsepsiya sifatida ochishini eʼlon qilgan.
Yana qarang
Singapurdagi Mishel yulduzli restoranlar roʻyxati Singapurdagi restoranlar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Singapurdagi fransuz restorani