Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi — Abdurauf Fitratning 1927-yilda chop etilgan oʻzbek musiqa tarixi haqidagi kitobi.

Mazmuni Kitobda sharq musiqasi va usullari, oʻzbek musiqasi yaʼni shashmaqom usullari haqida dastlabki tushunchalar berilgan. Bundan tashqari oʻzbek milliy cholgʻularidan tanbur, dutor, rubob, qoʻbiz (yoki qovuz), chang, gʻijjak, nay, qoʻshnay, surnay, boʻlamon (yoki bulamon), karnay, doira va nogʻora haqida maʼlumotlar berib oʻtilgan.

Nashrlari Ushbu kitobning ilk nashri 1927-yilda arab imlosida chop etilgan. 1993-yilga kelib Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining «Fan» nashriyotida qayta nashr etilgan.

Manbalar

Havolalar Ziyouz.com saytib Abdurauf Fitratning „Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi“ kitobi. __INDEKS__

Turkum:Alifbo boʻyicha kitoblar Turkum:Musiqa nazariyasi boʻyicha kitoblar Turkum:Oʻzbek tilidagi kitoblar Turkum:Musiqaga oid kitoblar