5sta Family (Talaffuzi: fayvsta femili; 2011-yilgacha 5ivesta Family boʻlgan) – rus estrada guruhi.
Tarixi Guruh 2003-yilda ikkita musiqiy loyiha: NB va AzonEning birlashuvi natijasida yaratilgan. Dastlab guruhda 5 kishi bor edi: CoolB, V-kes, Toni, Loya va SANDRIK. Guruhning nomi ham aʼzolari sonidan kelib chiqqan. Guruh aʼzolari V-kes (Vikes), CoolB (Kul B) va Toni (Toni) internetda tanishib qolib, musiqiy guruh tuzishga qaror qilishdi. Keyinchalik ularga vokalchi Olya (Loya) ham qoʻshildi.
5sta Family guruhining birinchi singli „Nochnoy gorod“ qoʻshigʻi hisoblanadi.
2009-yil may oyida 5sta Family 23:45 guruhi bilan birgalikda radioda „Ya budu“ singlini chiqardi. Qoʻshiq radiodagi eng mashhur taronalardan biriga aylandi. U 10 hafta davomida Rossiya radiosi xit-paradining yuqori oʻrinlaridan tushmadi. 2009-yil oxirida qoʻshiq Rossiyada eng koʻp yuklab olingan toʻrtinchi singl boʻldi. 200 ming nusxada sotilgan singl Rossiyada platina sertifikatiga ega boʻldi.
Guruhning navbatdagi singli „Zachem?“ 2010-yilda chiqarilgan boʻlib, u ham Rossiya radiolarida birinchi raqamli xitga aylanadi.
2011-yil mart oyida Loya jamoani tark etdi va uning oʻrnini „Fabrika zvyozd-5“ shousi ishtirokchisi Yulianna Karaulova egalladi. Oʻsha yilning kuzida guruh tomonidan kuylangan „Tuk-tuk“ qoʻshigʻi uchun ishlangan klipning premyerasi oʻtkazildi.
2012-yilda guruhning „Zachem?“ albomi chiqdi. Oʻsha yilning yozida „Vmeste mi“ qoʻshigʻi uchun ishlangan klip chiqarildi va u Oltin Gramafon mukofotiga sazovor boʻldi. 2013-yil yoz oyining oxirida guruh „Budu s toboy“ va 2014-yilda „Moya melodiya“ singllarini chiqardi.
2015-yil 23-mayda guruh aʼzolari qoʻshiqchi Lera Kozlova guruhning yangi aʼzosi boʻlganini eʼlon qilishdi. Yulianna Karaulova esa bir vaqtning oʻzida yakkaxon karyerasini boshladi. 9-iyul kuni guruh „Metko“ singlini chiqardi. Bu Lera Kozlova ishtirokidagi guruhning birinchi qoʻshigʻi edi. 2015-yil 20-sentyabrda Yulianna Karaulova guruhdan ketishini eʼlon qildi. 1-noyabrdan boshlab, Yulianna Karaulova yakkaxon ijod qilish uchun ketganidan soʻng, Lera Kozlova 5sta Family guruhining yagona solisti boʻlib qoldi. 2015-yil 24-noyabr kuni „Metko“ qoʻshigʻi uchun ishlangan klipning premyerasi boʻlib oʻtdi.
2016-yil 21-yanvarda guruh yangi „Stiraya granitsi“ singlini chiqardi. May oyida esa „Futbolka“ singli chiqdi. Tarona uchun oʻsha oyning oʻzida klip ham suratga olindi.
2017-yil 26-yanvarda jamoa „Vezuviy“ singlini taqdim etdi. Oʻsha yilning 28-aprelida „Mnozoetajki“ qoʻshigʻi chiqdi. 2017-yil may oyida Oliy Rada qarori bilan guruhga 7 yil muddatga Ukrainaga sayohat qilish taqiqlangan edi. Noyabr oyida Lera Kozlova boshqa loyihalarda ishtirok etish istagi tufayli guruhni tark etishini eʼlon qildiLera Kozlova pokidaet gruppu 5sta Family. 27-noyabr kuni guruhning sobiq solisti Loya jamoaga qaytgani maʼlum boʻldi. 2017-yil 5-dekabr kuni „Snova vmeste“ singlining premyerasi, 2018-yilning 2-aprelida esa ushbu qoʻshiq uchun ishlangan klip premyerasi boʻlib oʻtdi.
2018-yil 7-iyunda „Flyaga svistit“ qoʻshigʻi premyera qilindi va 26-iyul kuni uning videoklipi taqdim etildi. 28-sentyabr kuni esa „Membrani“ singli chiqarildi.
2019-yil 9-dekabrda „Perviy sneg“ kompozitsiyasi namoyish etildi.
Guruh 2023-yil 14-noyabrda olti oylik tanaffusdan soʻng „Iskri“ klipini premyera qildi. Videoda ijrochilar oʻzlarini yangi rollarda namoyish etishdi.
Tarkibi Olga Zasulskaya Valeriy Yefremov Vasiliy Kosinskiy
Sobiq aʼzolari Yulianna Karaulova Anton Radaev Valeriya Kozlova
Davr Aʼzolari 2006—2011-yillar Valeriy Yefremov Olga Zasulskaya Vasiliy Kosinskiy Anton Radaev2011—2015-yillar Yulianna Karaulova 2015—2017-yillar Valeriya Kozlova 2017—hozirgi kun Olga Zasulskaya
Diskografiyasi
Studiya albomi NomiMaʼlumotlariTreklariZachem? Chiqarilgan sanasi: 15-yanvar 2012-yil Leybl: Zion Music Format: CD,
Rasmiy singllari Yil Singl Albom 2008-yil „Nochnoy gorod“Zachem? 2009-yil „Ya budu“ 2010-yil „Zachem?“ „Na rasstoyanii zvonka“ 2011-yil „Prosipaysya“ „Tuk-tuk“ 2012-yil „Vmesti mi“ 2013-yil „Budu s toboy“ rowspan="12" 2014-yil „Moya melodiya“ 2015-yil „Metko“ 2016-yil „Futbolka“ 2017-yil „Mnogoetajki“ „Snova vmeste“ 2019-yil „Odin na odin“2020-yil „Egoistka“ 2021-yil „Alliluyya“2022-yil „Nevajno“ „Voysi“
Reklama singllari Yil Singl 2010-yil „Lyubov bez obmana“ (23:45 bilan) 2013-yil „Bez uma“ „tri slova“ 2014-yil „Tak bivaet“ 2015-yil „Nebo v ogne“ 2016-yil „Stiraya granitsi“ 2017-yil „Vezuviy“ 2018-yil „Flyaga svistit“ „Membrani“ „Tak bivaet II“ 2019-yil „Pcheli“ „Zavyazala“ „Perviy sneg“ 2020-yil „5 minut“ „Mimo menya“ „Rave“ 2021-yil „Zachem?“(Eva Miller bilan)"Tyulpani"2022-yil „Karusel“ „Distantsiya“2023-yil „Krasnoe vino“
Videografiyasi YilKlipJamoaRejissyor(lar)Albom 2008-yil „Nochnoy gorod“ Olga Zasulskaya, Valeriy Yefremov, Vasiliy Kosinskiy, Anton Radaev Konstantin CherepkovZachem? 2009-yil „Ya budu“ (23:45 bilan)Olga Zasulskaya, Valeriy Yefremov, Vasiliy Kosinskiy Aleks Xamraev2010-yil „Zachem?“ Marat Adelshin „Na rasstoyanii zvonka“ Konstantin Cherepkov „Lyubov bez obmana“ (23:45 bilan) Aleksandr Voytinskiy 2011-yil „Prosipaysya“ Frenk BorinZachem? „Tuk-tuk“Yulianna Karaulova, Valeriy Yefremov, Vasiliy Kosinskiy Alisa Kosmos 2012-yil „Vmeste mi“Ilya Durov 2013-yil „Budu s toboy“ rowspan="14" 2014-yil „Moya melodiya“ Darya Belova 2015-yil „Metko“Valeriya Kozlova, Valeriy Yefremov, Vasiliy Kosinskiy Stalker Semenovich 2016-yil „Futbolka“ Igor Shmelyov 2017-yil „Mnogoetajki“ Aleksey Malaxov 2018-yil „Snova vmeste“Olga Zasulskaya, Valeriy Yefremov, Vasiliy Kosinskiy Elvira T va Aleksey Malaxov 2019-yil „Odin na odin“ Yefim Bakaev 2020-yil „Rave“ (Mood Video) Valeriy Yefremov2021-yil „Egoistka“ Broksh „Zachem?“ (Eva Miller bilan) (Mood Video)— „Alliluyya“ Aleksey Malaxov „Tyulpani“ (Mood Video) Valeriy Yefremov2022-yil „Nevajno“Jenya Ivanova „Karusel“ (Mood Video) „Voysi“ VV va Aleksey Malaxov
Manbalar
Turkum:2004-yilda tashkil etilgan musiqiy guruhlar Turkum:Oltin Gramafon mukofoti sovrindorlari Turkum:Rossiya musiqiy guruhlari