„Yunus Rajabiy“ nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti — Oʻzbekiston Respublikasidagi maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlovchi 2020-yilda tashkil etilgan tayanch oliy oʻquv yurti.
Tarixi „Yunus Rajabiy“ nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 2-sentabrdagi 536-sonli qarori asosida Oʻzbekiston konservatoriyasining „Oʻzbek maqom sanʼati fakulteti“ va Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining tegishli taʼlim yoʻnalishlari negizida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov institut rektori lavozimiga tayinlangan va bundan tashqari institut Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga idoraviy jihatdan boʻysunishi aytilgan. Institutning vazifasi oʻlaroq maqom va baxshichilik sanʼati boʻyicha malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shugʻullanishi uchun imkoniyatlar yaratish belgilangan.
Oʻquv faoliyati „Yunus Rajabiy“ nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutida 2 ta „Oʻzbek milliy musiqa sanʼati“ va „Professional taʼlim“ fakultet bor boʻlib, ularning ichida „Maqom cholgʻu ijrochiligi“, „Oʻzbek maqomi tarixi va nazariyasi“, „Doston ijrochiligi“, „Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano“, „Maqom xonandaligi“, „Vokal va cholgʻu ijrochiligi pedagoglari tayyorlash“, „Oʻzbek adabiyoti, tillar va gumanitar fanlar“ kabi kafedralar faoliyat yuritadi.
2022-yil Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi eʼlon qilgan Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlarining umumiy reytingida Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti eng quyi natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari qatoridan joy olgan. +FakultetlarKafedralarYoʻnalishlarOʻzbek milliy musiqa sanʼatiMaqom cholgʻu ijrochiligi Cholgʻu ijrochiligi (anʼanaviy cholgʻular); Sanʼatshunoslik (musiqashunoslik); Xalq ijodiyoti (baxshichilik va dostonchilik); Bastakorlik sanʼati.Oʻzbek maqomi tarixi va nazariyasiDoston ijrochiligiKompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepianoProfessional taʼlimMaqom xonandaligi Vokal sanʼati (anʼanaviy xonandalik); Cholgʻu ijrochiligi (turlari boʻyicha); Cholgʻu ijrochiligi (anʼanaviy cholgʻular); Musiqa taʼlimi.Vokal va cholgʻu ijrochiligi pedagoglari tayyorlashOʻzbek adabiyoti, tillar va gumanitar fanlar
Manbalar
Havolalar
Turkum:Institutlar Turkum:Oʻzbekistondagi institutlar __INDEKS__