Antibiotiklarga sezuvchanlik testi – bakteriyalarning antibiotikka sezuvchanlik darajasini aniqlaydi. Bu bakteriyalardagi antibiotikka chidamlilikni aniqlash va toʻgʻri antibiotik dori vositalari tanlashda qoʻllanadi. Sezuvchanlik testi laboratoriyalarda oʻtkaziladi. Koʻpincha antibiotikning bakteriyaga taʼsirini koʻrsatadigan boʻyash usuli yoki bakteriyalardagi genlarni tekshirish uchun genetik usullardan foydalaniladi. Antibiotiklarga sezuvchanlik testi beta-laktam penitsilin antibiotigining kashf etilishi bilan koʻproq zarur boʻla boshladi. Dastlabki usullardan suyultirish, ekma ekish, fenotipik tekshirish usullari mavjud boʻlgan.
Foydalanishi Klinik tibbiyotda antibiotiklar bemorda bakterial kasallik mavjudligiga qarab, tibbiy koʻrsatmalar asosida buyuriladi. Antibiotik tanlashda shifokor tomonidan qoʻllanadigan empirik terapiya qaysi bakteriya infeksiyani keltirib chiqarishi va qaysi antibiotik taʼsirida nobud boʻlishiga asoslangan. Masalan, siydik yoʻli infeksiyasini keltirib chiqaradigan Escherichia coli bakteriyasi trimetropin hamda sulfametoksazol antibiotiklariga chidamsiz va tez nobud boʻladi. Baʼzi bakteriyalar bir nechta sinf antibiotiklariga chidamli boʻlishi va oʻziga xos qarshilik koʻrsatishi mumkin. Shuning uchun antibiotiklarga sezgirlik testi orqali qaysi antibiotik aynan mos kelishi va infeksiyani bartaraf qilishi aniqlanadi. Baʼzi mamlakatlarda aholi orasida antibiotiklarga sezgirlik testi skrining shaklida aniqlanadi. Bu orqali infeksion kasalliklarning tarqalishi oldi olinadi.
Usullari
Mikrobakterial kultura usuli eng keng tarqalgan usullardan boʻlib, bakteria turi aniqlangach unga mos antibiotik tanlanadi. Sezuvchanlikni aniqlash usullari bakteriyalarning antibiotiklarga taʼsiri, genetik xususiyatlari, alohida belgilari, antibiotikning taʼsir doirasini aniqlashga qaratilgan. Usullar orqali sifat hamda miqdoriy natijalar olish mumkin. Yaʼni, sifat orqali sezgirlik koʻrinishi aniqlansa, miqdor uning qanchalik darajada taʼsir qilishi va konsentratsiyasini bildiradi.
Antibiotiklarga sezuvchanlikni aniqlashning quyidagi usullari mavjud:
• Fenotipik usul
• Manual usul
• Avtomatik usul
• Genetik usul
• MALDI-TOF
Manbalar
Turkum:Tibbiyot Turkum:Mikrobiologiya Turkum:Yuqumli kasalliklar Turkum:Antibiotiklar Turkum:Tibbiyot tashxislari Turkum:Tibbiy mikrobiologiya