Matthew James Doherty (1992-yil 16-yanvarda tugʻilgan) – irlandiyalik professional futbolchi, himoyachi. "Wolwerhampton" klubi va Irlandiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Doherty 2010-yilda Vulverxempton bilan shartnoma imzolagan. „Boʻrilar“ning asosiy tarkibiga kirishdan oldin Hibernian va Bury klublari safida ijarada asosida harakat qilgan. Oʻn yil davomida Wolverhampton klubi safida jami 302 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2016-yilgacha Irlandiya U21 terma jamoasi safida harakat qilgan. 2016-yilda ilk marta Irlandiya milliy terma jamoasi jamoasidan chaqiruv olgan.
Bir necha mavsumni "Tottenham" va "Atlético Madrid" klublari futbolchisi sifatida oʻtkazganidan soʻng, 2023-yilning iyul oyida „Wolverhampton“ga qaytgan.
Klublardagi faoliyati
Wolverhampton Wanderers Doherty 2010-yilning iyul oyida „Bohemian“ga qarshi oʻtkazilgan mavsumoldi oʻyinida Wolwerhampton klubinig eʼtiborini tortgan. Bohemian safida biror marta asosiy tarkibda maydonga tushmagan boʻlishiga qaramasdan, Wolverhampton Dohertyni klub mashgʻulotlariga chaqirgan va tez orada 75 000 funt sterling evaziga u bilan shartnoma imzolagan.
Himoyachi „boʻrilar“ safidagi debyutini 2011-yilning 8-yanvarida Angliya kubogi doirasidagi Doncaster Roversga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2011-yilning 24-sentyabrida esa "Liverpul"ga qarshi bahsda Premyer-ligadagi debyutini amalga oshirgan.
2012-yil yanvar oyida Doherty 2011—2012-yilgi mavsumning ikkinchi qismi uchun „Hibernian“ klubiga ijaraga berilgan. Doherty uchun eng afzal pozitsiya oʻng qanot himoyasi boʻlishiga qaramasdan, Hibernian safida markaziy va oʻng qanot himoyasida ham harakat qilishga majbur boʻlgan. 4-fevral kuni Shotlandiya kubogida Kilmarnock klubiga qarshi bahsda (1:0) Hibernian safida debyut qilgan. Klub safida jami 17 oʻyin oʻtkazgan va ikki bor raqiblar darvozasini ishgʻol etgan. Ijaradagi soʻnggi oʻyini 2012-yilgi Shotlandiya kubogi finaliga toʻgʻri kelgan. Finalda Hibernian Hearts klubi bilan chempionlik uchun bahs olib borgan va 1:5 hisobida magʻlub boʻlgan. Keyinroq Doherty muhlislardan jamoaning yomon oʻyini uchun uzr soʻragan.
2012-yil oktyabr oyida Doherty yana ijaraga berildi. Bu safar Bury klubi bilan 3 oylik shartnomaga imzo chekdi. Shartnoma tuzilganidan 2 kun oʻtib, „Swindon Town“ klubiga qarshi maydonga tushdi va bu bahs Buryning 0:1 hisobidagi magʻlubiyati bilan yakunlangan. Doherty Bury klubi safida 22 ta oʻyin oʻtkazgan. Ushbu klub safida oʻng qanot himoyachisi pozitsiyasida oʻynagan va murabbiy Kevin Blackwellning maqtoviga sazovor boʻlgan. Biroq, bu klubdagi moliyaviy muammolar sabab 2013-yilning yanvarida futbolchi oʻz klubiga qaytarib yuborilgan.
2013-yilning yanvar oyida Dean Saunderds Wolverhampton bosh murabbiyi etib tayinlanganidan soʻng, Doherty klubning asosiy oʻng qanot himoyachisiga aylangan va 2012—2013-yilgi mavsumning ikkinchi yarmidagi oʻyinlarda davomiy tarzda asosiy tarkibda maydonga tushgan. Sounders jamoani tark etganidan soʻng Kenny Jackett klubda murabbiy sifatida ish boshlagan. Bu davrda ham Matt jamoadagi oʻrnini saqlab qola olgan va 2013-yilning sentyabrida yangi shartnoma imzolagan.
2015—2016-yilgi mavsumda Molineux stadionida Matt Dohertyning „Fulham“ darvozasiga kiritgan goli klubning mavsumdagi eng chiroyli goli deb topilgan. 2017-yilning 26-sentyabrida klub bilan yana yangi shartnoma imzolagan. Yangi shartnomada futbolchining 2021-yilning yarmiga qadar jamoada qolishi belgilangan. 2017—2018-yilgi mavsum oxirida „boʻrilar“ olti yillik tanaffusdan keyin yana Premyer-ligada ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi. Manbalar
Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Wolverhampton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Irlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Irlandiyalik muhojir erkak futbolchilar