Malang Mamadou William Georges Sarr (1999-yil 23-yanvar) – fransiyalik professional futbolchi, Ligue 1ning Lens jamoasi himoyachisi.
Klublardagi karyerasi
Nice Nice shahrida tugʻilgan Sarr olti yoshida mahalliy Nice jamoasining akademiyasiga borib qoʻshildi. 12 yilni shu yerda oʻtkazgan futbolchi 2016-yilning 14-avgustida Rennes klubiga qarshi Ligue 1 doirasidagi uchrashuvda professional futboldagi debyutini oʻtkazadi. Aynan shu uchrashuvning 60-daqiqasida Jean Michaël Serining jarimadan oshirgan toʻpidan soʻng futbolchi karyerasidagi dastlabki gol muallifi boʻldi va jamoasining uchrashuvdagi gʻalabasini ham taʼminlaydi. Bu orqali Nigeriyalik Bartholomew Ogbechedan keyingi Ligue 1 turniring debyut oʻyinida gol muallifi boʻlgan eng yosh futbolchiga aylanadi. Ushbu golni futbolchi 2016-yil Nice shahrida boʻlib oʻtgan terrorchilik harakati qurbolnlariga bagʻishlagan holda nishonlaydi. 2016-yil 7-noyabr kuni Sarr Nice jamoasi bilan ilk professional shartnomasini imzoladi. Mavsumda davomida futbochi oʻttizdan ortiq oʻyinlarda maydonga tushadi va jamoasi ligada uchinchi oʻrinni egallashida ham sezilarli yordam beradi.
2018-yil fevral oyida Sarr CIES Football Observatory tomonidan eʼlon qilingan 20 yoshgacha boʻlgan istiqbolli futbolchiar reytingida beshinchi oʻrinni egallaydi. Tarkibdagi nisbatan tajribali himoyachi Maxime Le Marchand bilan raqobat va jamoa yangi ijaraga olgan futbolchisi Marlon tufayli Sarrning oʻyin amaliyoti sezilarli darajada qisqaradi. Shunga qaramasdan u mavsum davomida jami 29 oʻyinda maydonga tushadi.
2019-yilning 10-avgust kuni, Ligue 1 2019-2020-yilgi mavsumining ochilish oʻyinida Sarr klub safidagi 100-oʻyinini oʻtkazadi. 2020-yil 30-iyunida shartnomasi yakunlangan himoyachi Nice jamoasini erkin agent sifatida tark etadi.
Chelsea 2020-yil 27-avgust kuni futbolchi Premyer-liganing Chelsea jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzolagan maʼlum qilindi.
2020-2021-yilgi mavsum: Porto (ijara) 2020-yil 6-oktyabr kuni Sarr 2020-2021-yilgi mavsum yakuniga qadar Portugaliyaning Porto jamoasiga ijaraga beriladi. U 2020-yil 21-oktyabr kuni UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi Manchester City bilan kechgan bahsda jamoa safidagi debyutini oʻtkazadi. Uchrashuv ingliz klubining 3-1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlanadi. Sarr 2020-yil dekabr oyida Taça da Liga turniri doirasidagi Paços de Ferreiraga qarshi oʻyinida portugal klubi safidagi ilk va yagona goli muallifi boʻladi. Sarr 2020-2021-yilgi mavsumda jami hisobda 19 oʻyinda maydonga tushgan.
2021-2022-yilgi mavsum: Chelsea thumb|Sarr 2021-yil Chelsea klubi safida Germaniya, Italiya va Fransiyaning bir necha klublaridan boʻlgan takliflarga qaramasdan futbochi Chelsea tarkibida qolishni tanladi. Futbolchiga 2021-2022-yilgi mavsum uchu 31-raqam berildi. 2021-yil 22-sentyabrida Sarr Liga kubogidagi Aston Villa jamoasiga qarshi bahsda londonliklar safidagi debyutini oʻtkazadi va ushbu oʻyin 1-1 hisobidagi durrang bilan yakunlanadi, penaltilar seriyasida 4-3 natija qayd etgan Chelsea jamoasi keyingi bosqichga yoʻllanma oladi. Premyer-ligadagi debyutini esa bir oydan soʻng boʻlib oʻtgan Brentford jamoasiga qarshi bahsda jamoaning asosiy ikki himoyachisi Antonio Rüdiger va Thiago Silva tarkibda yoʻqligi sabab toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qilgan holda oʻtkazgan.
2022-yil yanvar oyida Liga kubogi yarim finalida Tottenhemga qarshi bahsda u chap qanot himoyachi sifatida oʻyinni boshlaydi.
2022-yil 12-fevral kuni Sarr FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati finalida Palmeiras klubiga qarshi bahsning qoʻshimcha boʻlimlarida maydonga tushadi va jamoasi bilan birga penaltilar seriyasidagi gʻalaba evaziga jahon chempioniga aylanadi. Bundan tashqari u Al-Hilal jamoasiga qarshi yarim final bahsida ham zaxiradan maydonga tushirilgan.
2022-2023-yilgi mavsum: Monaco (ijara) 2022-yil 10-avgust kuni Sarr Monaco klubi bilan bir mavsumlik ijara shartnoma imzoladi.
Lens 2024-yilning 26-iyunida Lens klubi futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini maʼlum qildi.
Shaxsiy hayoti Sarr Nice shahridagi Les Moulins mahallasida tugʻilgan. Asli kelib chiqishi Senegal davlatiga borib taqaladi. Ota-onasi migrant sifatida Fransiyaga koʻchib kelishgan.
Statistika
+Klub safidagi liga oʻyinlari doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarNice B2016–17Chempionnat National 230302017–181010Umumiy4040Nice2016–17Liga 12713212017–182102902018–193513812019–20191201Umumiy10231193Porto (ijara)2020–21Primeira Liga80191Porto B (ijara)2020–21Liga Portugal 28181Chelsea2021–22Premyer Liga802102023–24Premyer Liga0000Umumiy80210Monaco (ijara)2022–23Liga 1130170Umumiy14341885
Sovrinlar Chelsea
FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2021 Angliya kubogi finalchisi: 2021-22 Liga kubogi fianlchisi: 2021-22
Manbalar
Havolalar
Chelsea FC veb-saytidagi futbolchi Profili
Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:FC Porto futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:AS Monaco FC futbolchilari Turkum:OGC Nice futbolchilari Turkum:FC Porto B futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar