thumb|Nazrul Islom qabri Nazrul Islom maqbarasi Bangladeshning Dakka shahridagi maqbara. U yerda 20-asr yozuvchi, shoir va musiqachisi, Bangladesh milliy shoiri Nazrul Islomning qabri joylashgan. Nazrul Islom 1976-yil 29-avgustda vafot etgan.
Tavsifi thumb| Maqbara majmuasining lavhasi Bangladesh 1971-yil 16-dekabrda mustaqillikka erishgan. Keyin 1972-yil 24-mayda Hindiston hukumatidan ruxsat olib, oʻsha paytdagi Bosh vazir Shayx Mujibur Rahmon Qozi Nazrul Islom va uning oilasini Kalkuttadan Dakkaga olib kelingan. Shundan soʻng, shoir oilasi bilan Bangladeshda yashay boshlagan. U „Mosjideri Pashe Amay Kobor Diyo Bhai, Jeno Gore Thekeo Moazziner Azan Shunte Pai“ soʻzlari bilan qoʻshiq yozgan (). U 1975-yil 23-iyulda Dakkadagi PG kasalxonasiga (hozirgi Bangabandhu Shayx Mujib tibbiyot universiteti) yotqizilgan. 1976-yil 18-fevralda fuqarolikni olgach, uning jismoniy holati yomonlasha boshlagan. 1976-yil 29-avgustda vafot etganidan soʻng, u yozgan qoʻshiqdagi shoirning xohishiga koʻra, 1966-yilda tashkil etilgan, Dakka universitetining markaziy masjidi boʻlgan masjid yoniga dafn qilingan. thumb| Maqbaraning asosiy darvozasi Nazrul Islom qabri hududini maqbaraga aylantirish loyihasining tamal toshi 1999-yil 25-mayda qoʻyilgan. Maqbara 2009-yil 27-avgustda oʻn yildan soʻng Bosh vazir Shayx Hasina tomonidan ochib berilgan. 2011-yil 16-fevralda Gʻarbiy Bengaliyalik Jaynath Nandi va Debashish Bhattacharya ismli ikki kishi Churuliyada joylashgan Nazrul Islomning rafiqasi Pramila Kazining qabridan tuproq olib velosipedda Bangladeshga sayohat qilishgan. 28-fevral kuni ular oʻsha tuproqni Qozi Nazrul Islom qabri ustiga sochishgan. Muzharul Islom tomonidan loyihalashtirilgan maqbara majmuasiga Qozi Nazrul Islom, Zaynul Abedin, Quamrul Hassan, Muzaffar Ahmad Chowdhuri va Abdul Matin Choudhuri qabrlari joylashtirilgan.
Manbalar
Turkum:Dakka universiteti Turkum:Nazrul Islom