Lukas Erik Xolger Bergvall () – shvetsiyalik futbolchi, Angliyaning „Tottenham Hotspur“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klub karyerasi U Brommapoykarna bitiruvchisi boʻlib, u yerda bolalar jamoasidan asosiy jamoaga qadar oʻyinagan. U klubning kattalar jamoasidagi birinchi oʻyinini 2021-yilning 21-noyabrida Piteå bilan birinchi divizionning soʻnggi turidagi oʻyinida oʻtkazgan. Keyingi mavsumda, allaqachon Superettanda, u rasmiy uchrashuvlarda tez-tez maydonga tusha boshlagan. 2022-yil 4-oktyabrda u Ester bilan oʻyinning qoʻshib berilgan vaqtida gol urib, jamoadagi ilk golini urgan. Yakuniy musobaqada Brommapojkarna birinchi oʻrinni egallagan va Allsvenskan ga yoʻllanma olgan.

2022-yil 9-dekabrda u akasi bilan birga Djurgårdenga koʻchib oʻtgan va uch yillik shartnoma imzolagan. U yangi klubidagi ilk oʻyinini 2023-yilning 20-fevralida Shvetsiya kubogi guruh bosqichida „Landskrona“ga qarshi oʻtkazgan. Bergvall ikkinchi boʻlim oʻrtalarida Gustav Vikxaym oʻrniga maydonga tushgan va qoʻshib berilgan vaqtda gol urib, yakuniy hisobni (6:1) jamoasi foydasiga oʻrnatgan. Turnir natijasida Djurgården yarim finalga chiqgan va u yerda „Xekken“ga yutqazga.

2024-yilning 2-fevralida, 18 yoshga toʻlgan kunida u 10 million yevro evaziga „Tottenham Hotspur“ ga oʻtgan, biroq u „shporlar“ safida faqat 2024-yilning 1-iyulida oʻynay boshlaydi. Futbolchi bilan shartnoma 2029-yilgacha moʻljallangan. Futbolchiga „Barcelona“ va „Manchester United“ ham qiziqish bildirgandi, ammo „Tottenxem“ soʻnggi daqiqada futbolchini ushlab qolgan.

Milliy jamoadagi faoliyati 2021-yildan 2022-yilgacha u 17 yoshgacha boʻlgan Shvetsiya terma jamoasida oʻynagan. U bilan 8 ta oʻyin oʻtkazib, uchta gol urgan. U jamoa sardori boʻlgan 2024-yil 12-yanvarda Lukas Shvetsiyaning asosiy terma jamoasida Estoniya terma jamoasiga qarshi debyut qilgan va u yerda 31 daqiqa oʻynaganLucas Bergvall – National team | Transfermarkt.

Hayoti Uning akasi Teo ham professional futbolchi va himoyachi sifatida oʻynaypti.

Yutuqlari

Brommapojkarna

Superettan gʻolibi: 2022

Manbalar

Havolalar

Lukas Bergvall Tottenham Hotspur F. C. saytida

Turkum:2006-yilda tugʻilganlar Turkum:2-fevralda tugʻilganlar Turkum:Stokgolmda tugʻilganlar Turkum:Shvetsiyada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik erkak futbolchilar Turkum:IF Brommapojkarna futbolchilari Turkum:Djurgårdens IF Fotboll futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Ettan Futbol futbolchilari Turkum:Superettan futbolchilari Turkum:Allsvenskan futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Shvetsiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar