Sabina Komiljon qizi Boboqulova (29-iyul, 2003-yil; Olot tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik professional bokschi. Xalqaro toifadagi sport ustasi. 2024-yil Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.

Faoliyati 2019-yildan boshlab Ulugʻbek Baratov murabbiyligida musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda.

Sabinaning hisobida 26 ta gʻalaba bor, ulardan 3 tasi nokaut bilan gʻalaba boʻlgan, shuningdek, atigi 5 ta magʻlubiyat.

2019-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻalaba qozongan. 2021-yilda Boboqulova Dubayda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi chempionatda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

2022-yilda Toshkentda va 2023-yilda Bangkokda 50 kg gacha boʻlgan vazn toifasida U22 yosh toifasidagi musobaqaarda qatnashib, birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.

2024-yil mart oyida Italiyada boʻlib oʻtgan jahon miqyosidagi litsenzion musobaqada qatnashgan. Uning birinchi jangi 2024-yil 8-mart kuni Busto Arsizio shahrida boʻlib oʻtdi va uning birinchi raqibi singapurlik Danisha Mathialagan edi. Albatta, hamyurtimiz uni magʻlub etib, keyingi bosqichga otdi.

Sabinaning navbatdagi jangi 2024-yil 10-martda irlandiyalik Daina Moorehouse-ga qarshi boʻlib oʻtdi. Sabina uni magʻlub etib, chorak finalga chiqdi.

2024-yil 11-martda boʻlib oʻtgan chorak finalda yaponiyalik Rinka Kinoshitaga qarshi chiqdi. Sabina uni magʻlub etib 2024-yilgi olimpiya oʻyinlarida qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritgan.

2024-yil 1-avgustda Sabina Boboqulovaning yozgi Olimpiya oʻyinlarida birinchi jangi boʻlib oʻtdi. Ushbu jang tailandlik Chuthamat Raksatga qarshi edi. Afsuski, yurtdoshimiz 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchradi va shu bilan Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishdan mahrum boʻldi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik ayol bokschilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar