Ursus arctos sitkensis (Sitka qoʻngʻir ayigʻi) – janubi-sharqiy Alyaskada va Aleksandr arxipelagining bir qismi boʻlmish Admiralti, Baranof va Chichagof orollarida (xalq tilida ABC orollari deb nom olgan) uchrovchi jigarrang ayiqning kichik turi va populyatsiyasi. U nafaqat qoʻngʻir ayiqlar, balki qutb ayiqlari bilan ham aloqador boʻlgan noyob genetik tuzilishga ega. Qoʻngʻir ayiq yomgʻirli, nam iqlimga ega Tongass milliy oʻrmonidan topilgan.

Morfologiyasi ABC orollarida uchrovchi mazkur ayiqlarning koʻrinishi, odatda Alyaska yarim orolida yashovchi jigarrang ayiqlarnikiga juda oʻxshash boʻlib, ular sutli shokolad rangidagi moʻyna bilan qoplangan. Ushbu ayiq turining dum qismi oq boʻlib, jussasi – ulkan. Ayiq turi odatda sutli shokolad rangida boʻlsa-da, ayrim vakillarining yungi malla, hattoki, qora rangda ham boʻlishi mumkin. Ayiqlarning old oyoq barmoqlarida uzun tirnoqlar mavjud. Voyaga yetgan erkak ayiqlarning vazni oʻrtacha ni tashkil qiladi. Katta yoshli urgʻochilarining vazni esa oʻrtacha ga teng. Voyaga yetgan ayiqlarning oʻrtacha boʻyi ni tashkil etadi[ iqtibos kerak ].

Yashash joyi Ushbu ayiqlar Tongass milliy oʻrmoni hududida yashaganligi sababli, Tongass ekotizimida joylashgan turlar bilan birga hayot kechiradi. Ushbu ekotizimda ikkita daraxtda yashovchi turi Picea sitchensis va Tsuga heterophylla keng tarqalgan[ iqtibos kerak ].

Ovqatlanishi Ursus arctos sitkensisning ratsioni mintaqa uchun endemik boʻlgan turli xil oʻsimlik va hayvonlardan tarkib topgan. Turli xil qoʻziqorin, oʻsimlikning piyozchalari, salmon malinasi va koʻk maymunjon singari rezavorlar ayiqlarning asosiy isteʼmol mahsulotidir. Hayvonlardan suvsar, sichqon, olmaxon va lasos singari jonivorlarni ovlaydi[ iqtibos kerak ].

Xulq-atvori Bu turdagi ayiqlar odatda yolgʻiz holda yashaydilar, biroq oziq-ovqat manbalari koʻp boʻlgan hududlarda toʻda boʻlib yurish holatlari kuzatiladi. Moʻl-koʻl oziq-ovqat mahsulotlariga ega boʻlgan hududlar bir nechta ayiqlarni jalb qilishi mumkin. Ayiqlar jinsiy yetuklikka oʻrtacha 4-7 yoshda erishadilar, juftlashish may va iyul oylarida sodir boʻladi. Ushbu ayiqlar uchun qish uyqusi oktyabrdan aprelgacha, uzogʻi iyun oyigacha davom etadi. Homilador ayiqlar yanvar yoki fevral oylarida uyada bolalaydi, oʻrtacha ikki-uchtagacha bola tugʻadi. Tugʻilgan ayiq onasi bilan uch yilgacha birga yashaydii, bu vaqt ichida ona ayiq homilador boʻlmaydi.

Oq ayiqlar bilan bogʻliqligi Bu jigarrang ayiq qoʻngʻir ayiq bilan bogʻliq barcha jismoniy xususiyatlarni va xatti-harakatlarini oʻzida namoyish etadi, ammo ular mitoxondrial DNKga ega ekanligi bilan qoʻngʻir ayiqlardan farqlanadi. Bu xususiyat, jigarrang ayiqlarning qutb ayiqlari bilan ham bogʻliqligi bor ekanligini koʻrsatadi.

Tadqiqotlar 1996-yilda Alyaskadagi jigarrang ayiqlarning filogeografiyasi, xususan Alaskada mavjud boʻlgan kenja turlari boʻyicha tadqiqot oʻtkazilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, ayrim populyatsiyalar faqat ABC orollariga xos boʻlgan. Ursus arctos sitkensis ayiqlari 0,5 million yil oldin orolda yashaganligi aniqlangan.

Tahdidlar Odamlar bilan toʻqnashuvlar ayiqlar sonining kamayishidagi asosiy omildir. Bunday holatlar ayiqlarning shahar hududiga kirgan vaqtida yoki orollardagi ovchilar tomonidan ovlanish vaqtida sodir boʻladi[ iqtibos kerak ]. Ayiqlar populyatsiyasining pasayishiga sabab boʻladigan boshqa omillardan biri, iqlim oʻzgarishidir. Iqlim oʻzgarishlari, hattoki butun turga salbiy taʼsir oʻtkazishi mumkin.

Manbalar

Turkum:Alaska faunasi Turkum:Aleksandr arxipelagi Turkum:Arktika sutemizuvchilari Turkum:Grizli ayiqlari