Qoʻqon aeroporti – Oʻzbekistonning sharqiy qismidagi Qoʻqon shahrida joylashgan va u yaqin aholi punktlariga xizmat koʻrsatuvchi aeroport hisoblanadi. Aeroport 2000-yildan boshlab Oʻzbekiston havo kuchlari tomonidan qoʻllanila boshlandi va 2024-yildan esa butun respublika boʻylab ichki yoʻlovchi qatnovlari tiklandi.

Tarixi Aeroport birinchi 1977-yilda ochilgan. Oʻzbekiston SSR paytida Qoʻqon – Toshkent, Qoʻqon – Namangan, Qoʻqon – Fargʻona, Qoʻqon – Leninobod (hozirgi Xoʻjand), Qoʻqon – Andijon yoʻnalishlari boʻyicha qisqa masofalarga qatnov yoʻlga qoʻyilgan.

2000-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining uchish-qoʻnish yoʻlagi sifatida foydalanilgan.

Qoʻqon aeroportini rekonstruksiya qilish 2024-yil mart oyida yakunlandi. Birinchi texnik reys 20-mart kuni „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ milliy aviakompaniyasining Airbus A320neo samolyotida Toshkentdan amalga oshirildi. Ekipaj aʼzolari – uchuvchilar Amrillo Nutfullaev, Bektemir Gereev va Sergey Bikovlar boshqaruvidagi samolyot yangilangan Qoʻqon aeroportiga qoʻndi .

Ilk koʻrgazmali yoʻlovchi reys 2024-yil 22-mart kuni yangilangan aeroportdan “Silk Avia” aviakompaniyasi tegishli ATR 72-600 samalyotida Toshkent – Qoʻqon – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvoz amalga oshirildi.

Muntazam yoʻlovchi reyslari 2024-yil 1-apreldan „Silk Avia“ aviakompaniyasi brendi ostida „Uzbekistan Helicopters“ ga tegishli Let L-410UVP-E20 samolyotlarida Toshkent – Qoʻqon – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qatnovlar yoʻlga qoʻyildi.

Xizmatlar Yuklarni saqlash Yuklarga ishlov berish Yuk egalariga xabar berish Yuklari maʼlumoti bilan tanishish

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

Manbalar

Havolalar Qoʻqon aeroporti

Turkum:Oʻzbekiston aeroportlari Turkum:Sovet Ittifoqida qurilgan aeroportlar Turkum:Qoʻqon bino va inshootlari