Olga Carmona García (2000-yil 12-iyunda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, Liga F klubi „Real Madrid“ va Ispaniya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. U Madrid klubiga qoʻshilishdan oldin „Sevilla“ ayollar jamoasida oʻynagan. U „Real Madrid“ sardori.

Klublardagi faoliyati Andalusiyaning Sevilla shahrida tugʻilgan Carmona futbolchilik faoliyatini olti yoshida „Sevilla Este“ jamoasida boshladi.

Carmona oʻzining dastlabki professional mavsumida 25 ta oʻyinda beshta gol urdi. „Sevilla“ jamoasi esa oʻz ligasida 12-oʻrinni egalladi. 2007-yilda u „Sevilla“ yoshlar jamoasiga oʻtdi va u yerda toʻqqiz yil davomida toʻp surdi. 2016-17-yilgi mavsumda Carmona oʻsha paytda Ispaniyaning ikkinchi divizioni boʻlgan Segunda divizionida oʻynagan asosiy jamoa tarkibiga kirdi. U oʻz jamoasi bilan birinchi mavsumda Primera divizioniga chiqishga muvaffaq boʻldi. Uning klubi keyingi uch mavsum davomida liga jadavalining quyi qismiga tushib qolgan boʻlsa-da, 2018-19 va 2019-20-yilgi ichki kuboklarning yarim finaliga chiqdi. Yarim finaldagi bahslarda esa yakunda chempionga aylangan „Real Sociedad“ va „Barcelona“ klublariga magʻlub boʻldi.

2020-yilning yozida Carmona „Real Madrid“ klubining yangi tashkil etilgan ayollar futbol jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Terma jamoadagi faoliyati Carmona Ispaniya U-19 ayollar terma jamoasi bilan 2018-yilgi Yevropa chempionati finalda Germaniyani 1:0 hisobida magʻlub etib, turnir gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Uning oʻzi saralash va final abhslarida oʻnta oʻyinda maydonga tushib toʻrtta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bir yil oʻtgach, u yana Ispaniya U-19 ayollar jamoasi bilan Yevropa chempionati finalida ishtirok etdi. U yerda Carmonaning jamoasi Fransiyaga qarshi kechgan oʻyinda qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng 1:3 hisobida magʻlub boʻldi.

2021-yil 13-aprelda Carmona Meksikaga qarshi kechgan oʻrtoqlik oʻyinida Ispaniya milliy ayollar futbol terma jamoasidagi debyutini oʻtkazdi.

FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (2023) 2023-yilda 23 yoshli Carmona Ispaniyaning FIFA Jahon chempionatidagi gʻalabasida asosiy rol oʻynadi. U yarim final va final bahslarida terma jamoa sardori sifatida jamoani maydonga olib tushdi va har ikki oʻyinda ham hal qiluvchi gollarni urdi.

15-avgust kuni Shvetsiyaga qarshi yarim final bahsida Carmona uzoq masofadan aniq zarba yoʻllagan holda hal qiluvchi golni kiritib, jamoasining 2:1 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi. Besh kundan soʻng, Angliyaga qarshi kechgan final bahsining 29-daqiqasida u oʻyindagi yagona golni urdi, Ispaniya 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, kubokni qoʻlga kiritdi. Carmona finalda oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

2023-yil oktabr oyida Carmona rasman terma jamoaning 3 ta sardorlaridan biri sifatida eʼlon qilindi.

Shaxsiy hayoti Carmonaning akasi Fran Carmona ham futbolchi. U „CD Teruel“ jamoasida himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Carmona katta boʻlib qolganidan soʻng ota-onasi undan futbol oʻynamaslikni, aksincha suzish, tennis va flamenko raqslari bilan shugʻullanishini soʻrashdi. Olga bu fikrga qarchichiqqanidan keyin esa oxir-oqibat ota-onasi ham rozi boʻlishdi.

Carmonaning otasi uzoq davom etgan kasallikdan soʻng, u gʻalaba golini kiritgan 2023-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalidan ikki kun oldin vafot etdi. Uning onasi va akalari uning oʻyinini tomosha qilish uchun Avstraliyaga kelishgan. Carmona esa Ispaniyaning gʻalabasi nishonlangan bayramlardan keyin otasining oʻlimidan xabar topdi.

Statistikasi Klublardagi

+KlubMavsumLigaKubokMintaqaviyBoshqa oʻyinlarUmumiyDvizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSevilla2017–18Primera División25500——2552018–19Primera División30230——3322019–20Primera División20020——220Umumiy75750——807Real Madrid2020–21Primera División28510——2952021–22Primera División2823183104062022–23Liga F2634081103942023–24Liga F276107210368Umumiy10916912363014423Faoliyati davomida184231412363022430

Terma jamoada

+Terma jamoaYilOʻyinlarGollarIspaniya20215020221302023183202470Total433

+ Olga Carmona tomonidan xalqaro oʻyinlarda kiritilgan gollarNo.SanaStadionRaqibGoldan keyingi vaziyatYakuniy natijaMusobaqa12023-yil 19-fevralCommBank Stadium, Sydney, Avstraliya1–32–3Millatlar Ligasi (2023)22023-yil 15-avgustEden Park, Auckland, Yangi Zelandiya2–12–1FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (2023)32023-yil 20-avgustStadium Australia, Sydney, Avstraliya1–01–0

Sovrinlari Ispaniya FIFA Jahon chempioni: 2023 UEFA Millatlar ligasi: 2023–24 Ispaniya U-19 UEFA Yevropa chempioni: 2018

Individual FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalining eng yaxshi oʻyinchisi: 2023 FIFA FIFPRO Ayollar orasidagi eng yaxshi 11 ta futbolchi: 2023 IFFHS ayollar oʻrtasidagi jahonning eng yaxshi jamoasi: 2023

Manbalar

Turkum:Ispaniyalik ayol futbolchilar Turkum:Sevillalik futbolchilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Liga F futbolchilari Turkum:Real Madrid Femenino futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar