Caroline OʻFlaherty Buckee – Epidemiolog olim, Garvard universiteti professori. Epidemiologiya sohasidagi statistik raqamlashtirish ishlari bilan tanilgan. Matematik modellashtirish, kasallik tarqalishining fazoviy strukturasi, yuqumli kasalliklarning populyatsiyalarda tarqalishi, mobil va sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlarini kuzatish bilan shugʻullangan. Bezgak, COVID-19 pandemiyasi kelib chiqishi, tarqalishi, oqibatlarini oʻrgangan va nazorat dasturlarini ishlab chiqqan.

Hayoti va taʼlimi Buckee 1979-yilda tugʻilgan. Uning oilasi otasi neft sanoatida ishlagani uchun u bilan birga koʻp joylarda ko'chib yurishiga togʻri kelgan. Alyaska, Norvegiya, Kanada, Yaqin Sharq, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda yashashgan. 2000-yilda Buckee zoologiya boʻyicha Edinburg universitetida bakalavr darajasida oʻqigan. Sharqiy Afrikadagi Tanzaniyada dala tadqiqoti amaliyot vaqtida bezgak kasalligiga duch kelgan va bu uning yuqumli kasalliklar sohasiga kirib kelishiga sabab boʻlgan.

2002-yilda Buckee York universitetida bioinformatika boʻyicha tadqiqotlar yoʻnalishida magist darajasini qoʻlgan kiritgan. Keyinchalik shu yili Oksford universitetida Sunetra Gupta rahbarligida matematik epidemiologiya boʻyicha taʼlim olgan va doktorlik darajasiga harakat qilgan. Bu yerda u neisseria meningitis bakteriyasi keltirib chiqaradigan meningit kasalligi dinamikasi va shtamning turlari, ekologik omillarga chidamliligini oʻrgangan. 2005-yilda ushbu „Patogen xilma-xilligining evolutsiyasi va saqlanishi“ disertatsiyasini tamomlagan hamda 2006-yilda fan nomzodi ilmiy darajasiga erishgan.

Karyerasi Magistraturani tugatgandan keyin Buckee Keniya Tibbiy tadqiqotlar institutida tadqiqotchi doktor lavozimida ishlab boshlagan. U yerda bezgak kasalligining tarqalishi, aholi migratsiyasi bilan bogʻliq maʼlumotlarni mobillashtirish bilan shugʻullangan. Keyinchalik huddi shu ishi boʻyicha adaptiv tizimlarni oʻrganishga qaratilgan koʻp tarmoqli tadqiqot instituti – Santa Fe institutida ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 2010-yilda u Garvarddagi Chan salomatlik maktabi jamoasiga qoʻshiladi. Ular bilan birga inson patogenlarini qanday tarqalishini tushinish, prognoz qilish, biologiyasini oʻrganish usullarini matematik modellashtirish, genomika kombinatsiyasi yordamida qanday tarqalishini nazorat qilish ishlarini amalga oshirgan . Buckee raqamli epidemiologiya sohasida kashshof sifatida faoliyat yuritgan. U mobil telefon, sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlaridan foydalanib sayyohlarning tashrifi, ularning kasallik tarqalishidagi ahamiyatini aniqlagan.

Raqamli epidemiologiya 2012-yilda Buckee va tadqiqotchilar guruhi Keniyada bezgak tarqalishini nazorat qilish va kuzatish uchun mobil telefon maʼlumotlaridan foydalangan ilovani ishlab chiqdi. 2008—2009-yillarda har bir kishi matnli axborot va uyali telefonlar orqali bezgak kasalligi tarqalayotgani togʻrisida xabar olish imkoniyatiga ega boʻldi. Keyinchalik Buckee va uning guruhi Telenor telefon kompaniyasidan foydalanadigan 40 million foydalanuvchi uyali telefon maʼlumotlari orqali Pokistonda dengue isitmasi tarqalayotganidan xabardor boʻlishganini aniqlashgan.

COVID-19 pandemiyasida Buckee 2019-yilda COVID-19 ni aniqlash boʻyicha ishlayotgan oʻndan ortiq univeritetlarning yuqumli kasalliklar epidemiologlari bilan COVID-19 Mobility Networkga hamrohlik qiladi. Ushbu guruh hozirda Facebookning Data for Good dasturi tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlardan foydalanib epidemiologik tadqiqotlar uchun kasalliklarni oldini olish va aholini ijtimoiy uzoqlashtirish choralari ishlab chiqaradi. 2020-yilda Buckee The Washington Post gazetasiga muharrirlik qilgan. U oʻziga maʼlum ijtimoiy uzoqlashtirish siyosati, unga boʻlgan yondoshuvlar, samaradorlik choralarini eksperimental usullarda sinab koʻrgan.

Manbalar

Turkum:Ayol shifokorlar Turkum:Ayol epidemiologlar Turkum:Britaniyalik shifokorlar Turkum:Britaniyalik ayol epidemiologlar Turkum:Amerikalik ayol epidemiologlar Turkum:Ijtimoiy tarmoq olimlari Turkum:XXI asr Amerikalik ayollar