Damir Desnica (1956-yil 20-dekabrda tugʻilgan) – xorvatiyalik nafaqadagi futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.

Klub faoliyati Damir Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi, Xorvatiyaning Obrovac shahrida tugʻilgan. Desnica oʻz faoliyatining katta qismini HNK Riyeka jamoasida oʻtkazgan. HNK Riyeka klubida 300 ga yaqin rasmiy oʻyinlarda maydonga tushdi va bu davrda ikkita Yugoslaviya kubogini qoʻlga kiritgan. Damir 1985-yilda, qariyb 29 yoshga kirgan davrida, chet el klubi tarkibiga koʻchib oʻtgan. Belgiyaning KV Kortrijk klubida 5 yil davomida oʻynagan va 109 ta oʻyinda 19 ta gol muallifi boʻlgan.

Desnica besh yildan soʻng oʻz mamlakatiga qaytib kelgan va NK Zadarga qoʻshilgan. NK Orijent klubida qisqa muddat oʻynaganidan soʻng, NK Pazinka bilan shartnoma imzolagan. Keyinchalik bir qatot jamoalarda oʻynagan va 41 yoshida nafaqaga chiqgan.

Terma jamoadagi faoliyati Desnica 1978-yil 25-oktyabrda UEFA Yevro-1980 saralash bosqichida Ruminiya terma jamoasiga qarshi safardago oʻyinda ishtirok etgan. Yugoslaviya terma jamoasi 2:3 hisobida magʻlub boʻlgan, gollardan biriga Damir mualliflik qilgan.

Shaxsiy hayot Desnica professional futbolda oʻynagan kam sonli kar va soqov futbolchilardan biri edi. Damir faqat qoʻlda muloqot qilganDamir Desnica: King of deaf footballers; Eclectic Football Nut, 27 December 2007. 1984-yil 7-noyabrda UEFA kubogi musoboqasi doirasida, Santiago Bernabéu Stadionida Real Madridga qarshi oʻyinda u hakam Rojer Skoters tomonidan ikkita qoidabuzarlik uchun maydondan chetlatilgan. Dastlab ishlatilgan qoʻpollik uchun koʻrsatilgan sariq kartochkaga tushunmay norozilik bilan hakam tortishgan va natijada ikkinchi sariq kartochkani olib maydondan chetlatilgan. Oʻyin yakunida Riyeka sakkiz futbolchi bilan oʻyinni yakunlagan va umumiy ikkinchi oʻyin natijasiga koʻra 3:4 hisobida magʻlub boʻlganEl sordomudo expulsado por 'protestar' (The deaf and dumb who was sent off for 'protestingʻ); Marca, 3 October 2013 (in Spanish).

Klub statistikasi

MavsumJamoaLigaLigaKubokXalqaroJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol1974–75RijekaYugoslaviya birinchi ligasi30––301975–76235––2351976–7790––901977–7831451–3651978–7929740403771979–8013110431841980–81153––1531981–8232620–3461982–83331142–37131983–84321131–35121984–853162141378Rijeka jamoasidagi natijalar25154215124284631985–86KortrijkBelgiya Pro ligasi306?–3061986–87274?–2741987–88328?–3281988–89181?–1811989–9020?–20Kortrijk jamoasidagi natijalar10919?40010923Umumiy faoliyat (toʻliqsiz)3607321912439386

Yutuqlar Rijeka

Yugoslaviya kubogi: 1977/1978, 1978/1979 Bolqon kubogi: 1978-yil

Zadar

Yugoslaviya respublikalararo ligasi (Gʻarbiy): 1990/1991-yil

Pazinka

Xorvatiya Ikkinchi Futbol Ligasi (Gʻarbiy): 1992-yil

Manbalar

Havolalar

Turkum:1956-yilda tugʻilganlar Turkum:20-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Yugoslaviyalik erkak futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:HNK Rijeka futbolchilari Turkum:K.V. Kortrijk futbolchilari Turkum:NK Zadar futbolchilari Turkum:HNK Orijent futbolchilari Turkum:NK Pazinka futbolchilari Turkum:Yugoslaviya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Birinchi futbol ligasi (Xorvatiya) futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar