Kerry Condon (1983-yil 9-yanvarda tugʻilgan) – irlandiyalik aktrisa. U „Royal Shakespeare Company“ tomonidan suratga olingan „Hamlet“ (2001-2002) spektaklida Ophelia rolini oʻynagan eng yosh aktrisa boʻlgan. Bundan tashqari „Rome“ dramasida (2005-2007) Octavia of the Julii (2005-2007), „Better Call Saul“ (2015-2022) filmida Stacey Ehrmantraut rollarini ijro etgan. Shuningdek „Marvel Cinematic Universe“ tomonidan ishlangan bir nechta filmda F.R.I.D.A.Y. nomli sunʼiy intellekt uchun ovoz bergan.

Condon Martin McDonagh bilan „The Lieutenant of Inishmore“ (2001) va „The Cripple of Inishmaan“ (2009) spektakllarida, shuningdek, „Three Billboards Outside Ebbing, Missouri“ (2017) va „The Banshees of Inisherin“ (2022) kabi filmlarda hamkorlik qilgan. Soʻnggi filmidagi ijrosi uchun u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan, BAFTA Award va Academy Awardlarda eng yaxshi yordamchi aktrisa nominatsiyalarini qoʻlga kiritgan.

Karyerasi

2001-yilda 18 yoshida Condon Martin MakDonaghning „The Lieutenant of Inishmore“ filmida Mairead obrazini gavdalantirgan. Shuningdek ushbu rolni aktrisa 2006-yilda Nyu-Yorkdagi Lyceum teatrida Royal Shakespeare Company tomonidan tashkillashtirilgan sahnada ham ijro etgan. Ushbu film uchun Condon The Pogues bilan hamkorlikda „The Patriot Game“ qoʻshigʻini kuylagan. Oʻsha yili Condon „Hamlet“ filmida Ophelia rolini oʻynadi va bu orqali RSC uchun bu obrazni ijro etgan eng yosh aktrisaga aylandi. 2009-yilda u Martin MakDonaghning yana bir „The Cripple of Inishmaan“ nomli spektaklida ishtirok etdi. Bu filmdagi roli uchun u Lucille Lortel Awardda „Spektakllardagi eng yaxshi aktrisa“, Drama Desk Awardda esa „Eng yaxshi ijro uchun“ nominatsiyalariga loyiq koʻrildi.

Condon Lev Tolstoyning Helen Mirren va Kristofer Plummer bilan oʻtkazgan hayotining soʻnggi oylari haqidagi „The Last Station“ filmida Tolstoylik Masha rolini ijro etgan. Keyinchalik esa 2012-yilda „Luck“ teleserialida Rosie Shanahan obrazini gavdalantirgan. Aktrisa 2013-yil 13-oktyabrda efirga uzatilgan „The Walking Dead“ post-apokaliptik zombi dramasining 4-mavsumida Klara rolida paydo boʻldi. U Marvel Studiyasining „Qasoskorlar: Ultron davri“, „Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi“, „Oʻrgimchak-odam: Uyga qaytish“, „Qasoskorlar: Cheksizlik jangi“ va „Qasoskorlar: Intiho“ filmlarida Temir odamning J.A.R.V.I.S. nomli sunʼiy intelletining yangi koʻrinishi F.R.I.D.A.Y. uchun ovoz bergan.

2017-yilda Conan Martin MakDonagh bilan hamkorlikka qaytdi va „Three Billboards Outside Ebbing, Missouri“ filmida ishtirok etdi. Rejissyorning 2022-yilda suratga olingan „The Banshees of Inisherin“ filmida esa aktrisa uzoq vaqtlar davomida qiyinchliklar qurshivida boʻlib kelayotgan opa Colin Farrell obrazini gavdalantirdi. Condonning filmdagi ijrosi uchun koʻplab tanqidchilardan ijobiy baholar oldi. Bundan tashqari ushbu rol uchun bir nechta mukofotlarga ham sazovor boʻldi, jumladan, „BAFTA Award“da „Best Actress in a Supporting Role“, „Academy Award“da „Best Supporting Actress“, „Oltin globus“da „Best Supporting Actress–Motion Picture“ hamda „Screen Actors Guild Award“da „Outstanding Performance by a Female Actor in a Supporting Role“ nominatsiyalarida gʻalaba qozondi.

Filmografiyasi

Filmlari Yil Nomi Rol Tarif 1999 Angelaʼs Ashes Theresa Carmody 2000 Rat Marietta 2001 How Harry Became a Tree Eileen 2003 Ned Kelly Kate Kelly Intermission Café Waitress 2005 Unleashed Victoria 2009 The Last Station Masha 2011 This Must Be the Place Rachel The Shore Pat Qisqa film 2013 Dom Hemingway Melody 2014 Gold Alice 2015 Qasoskorlar: Ultron davri F.R.I.D.A.Y. Ovoz berish 2016 Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi 2017 Oʻrgimchak-odam: Uyga qaytish Three Billboards Outside Ebbing, Missouri Pamela 2018 Bad Samaritan Katie Hopgood Qasoskorlar: Cheksizlik jangi F.R.I.D.A.Y. Ovoz berish 2019 Qasoskorlar: Intiho Dreamland Olivia Evans 2022 The Banshees of Inisherin Siobhán Súilleabháin 2023 In the Land of Saints and Sinners Doireann McCann 2024 Night Swim Eve Waller 2025 F1Kate

Manbalar

Turkum:Irlandiyalik aktrisalar