Le Havre Athletic Club – Normandiyaning Le Havre shahrida joylashgan fransuz professional futbol klubi. Klub 1894-yilda 1884-yilda tashkil etilgan xuddi shu nomdagi sport klubining bir qismi sifatida tashkil etilgan. Le Havre 2022-23-yilgi mavsum gʻolibi sifatida Ligue 2dan koʻtarilganidan soʻng, Fransiya futbolining birinchi divizioni boʻlgan Ligue 1da oʻynaydi va uy uchrashuvlarini Stade Océaneda oʻtkazadi.

Le Havre 1899-yilda futbol boʻyicha Fransiya chempionatida oʻz debyutini oʻtkazdi va ilk ishtirokidayoq Parijdan tashqaridagi birinchi fransuz klubi sifatida ligada gʻalaba qozondi. Klub keyingi mavsumda, 1900-yilda ham ligada gʻolib boʻldi. Le Havre haligacha Fransiya futbolining amaldagi birinchi divizioni, Ligue 1da gʻalaba qozona olmagan, ammo ular ikkinchi divizion, yaʼni Ligue 2da olti marta gʻalaba qozongan. Klubning bugungacha erishgan eng yuqori yutugʻi 1959-yilda Fransiya kubogini qoʻlga kiritish boʻlgan.

Le Havrening asosiy raqobatchilari SM Caen jamoasi bilan oʻtkaziladigan Normand derbisi hamda Nord-Pas-de-Kale viloyatida joylashgan Lens jamoasi bilan doimo qizgʻin kechadigan bahslardir.

Klub tarixi Klub uzoq vaqtdan beri taʼkidlab kelganiga qaramay, Le Havre AC 1872-yilda tashkil topmagani maʼlum boʻldi. Aslida, 1884-yilda bir guruh britaniyalik fuqorolar Le Havre Athlétique nomli jamoa tuzishgan. Bu jamoa regbi va futbol klubi oʻrtasidagi aralash jamoa boʻlgan. Le Havrda futbol klubi 1894-yildan boshlab faoliyat yuritganArchives municipales du Fort de Tourneville (Le Havre), statuts du HAC, fonds de Sanvic, R3 1 L.2..

1899-yilda Le Havre Parij jamoasi boʻlmagan jamoa sifatida Fransiya futboli chempioni boʻlgan birinchi klub boʻldi. Oʻsha paytda chempionat USFSA tomonidan tashkil etilgan. Yarim finalda Iris Club Lillois ustidan gʻalaba qozonganidan soʻng, ular French Clubga qarshi finalda ham gʻalaba qozonib, chempionlik unvoniga sazovor boʻlishdi. Ular keyingi yili ham gʻalaba qozonishdi.

Klub oʻzining yosh isteʼdodlarni rivojlantirish va tarbiyalangan yoshlarga sarmoya kiritish dasturi bilan mashhur boʻlib, agar ular yetarlicha isteʼdodli boʻlishsa, ulardan asosiy jamoada foydalanish gʻoyasini ilgari surgan. Benjamin Mendy, Ibrahim Ba, Jean-Alain Boumsong, Lassana Diarra, Riyad Mahrez, Steve Mandanda, Vikash Dhorasoo, Paul Pogba va Dimitri Payet kabi koʻplab yosh isteʼdodlar shular jumlasidandir.

Klub baʼzi yuqori darajadagi noqonuniy transferlarni amalga oshirayotgan edi, unga koʻra Charlz N’Zogbia, Matias Lepiller va Pol Pogbalar uchun boshqa klublar tomonidan tegishli tovon puli toʻlanmagani aytiladi. Dastlabki ikkalasi FIFA tomonidan hal qilindi va u Newcastle United va Fiorentinaga oʻquv kompensatsiyasi toʻlashni topshirdi.

2022-23-yilgi Ligue 2da Le Havre liga jadvalida birinchi oʻrinni egallab, divizionda oltinchi chempionlikni qoʻlga kiritdi va 2008-yildan beri birinchi marta Ligue 1ga koʻtarildi.

Klub madaniyati Le Havre Fransiyada „les ciel et marine“ nomi bilan tanilgan, bu „osmon va dengiz ranglari“ deb tarjima qilinadi. Ushbu ranglar klubning ingliz taʼsischilari tomonidan tanlangan, chunki ular oʻzlarining alma materlari, Oxford va Cambridge universitetlarining ranglari edi: klub madhiyasi klubning inglizcha kelib chiqishini nishonlash uchun „God Save the Queen“ ohangiga mos tushadi: „A jamais le premier de tous les clubs français ô H. A. C. Fiers de tes origines Fils d’Oxford et Cambridge deux couleurs font notre prestige Ciel et marine!“ Futbolchilar

Manbalar

Turkum:Fransiya futbol klublari Turkum:Ligue 1 jamoalari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:1894-yilda tashkil etilgan futbol klublari