Abdulloh ibn Ali Zayn al-Abidin maqbarasi () Husayn ibn Alining nabirasi Abdulloh ibn Ali Zayn al-Abidinga atab qurilgan maqbaradir. Misrning Iskandariya shahridagi Fuad koʻchasining yon tomonida joylashgan. U Yoqub ibn Abdurahmon ibn Muhammad maqbarasi qarshisida barpo etilgan.

Tarixi Husayn ibn Ali vafotidan keyin Umaviylar xalifaligi ostida Iroqdagi odamlar oʻrtasidagi nizo va tartibsizliklarning oldini olish uchun Abdulloh ibn Ali Zayn al-Abidin xolasi Zaynab binti Husayn ibn Ali bilan Iskandariyaga yoʻl olgan. U zotga hamrohlari tobein Yoqub ibn Abdurahmon hamrohlik qilgan. Ziyoratgoh hozir turgan joy avvallari Abdulloh ibn Ali mahalliy aholiga islom dinini oʻrgatadigan hudud boʻlgan. Keyinchalik ziyoratgoh vayronaga aylanganidan soʻng yopilgan. 2017-yilda qayta tiklanganidan keyin qayta ochilgan.

Arxitekturasi Ziyoratgoh Mamluk meʼmorchiligini eslatuvchi uslubda qurilgan. Ziyoratgoh gumbazida Qur’oni Karimning „Oyatul-Kursiy“ surasidan oyatlar oʻyib yozilgan. Ziyoratgohda Abdulloh ibn Ali ham, uning rafiqasi ham dafn etilgan.

Galereya

Manbalar

Turkum:Misrdagi maqbaralar