Dorothy Abbott (1920-yil 16-dekabr – 1968-yil 15-dekabr) – amerikalik aktrisa.
Faoliyati Missuri shtatining Kanzas shahrida tugʻilgan Abbott filmlarga kirib kelishidan oldin tajriba orttirish maqsadida Little teatri spektakllarida rol ijro etgan.
Dorothy 1940—1960-yillar oraligʻida koʻplab filmlarda ikkinchi darajali rollarda suratga tushgan. Las Vegas shahridagi Flamingo nomli kazinoli mehmonxonada ishlagan va u yerda „oltin qoʻlli qiz“ nomi bilan tanilgan. U, shuningdek, „The Ford Television Theatre“ va „Leave It to Beaver“ teleseriallarida ikkinchi darajali rollarni, „Dragnet“ teleserialida esa serjant Jo Fridayning sevgilisi, Ann Baker rolini ijro etgan. Aktrisa sifatida ish topa olmagan paytlarida, Abbott modellik hamda koʻchmas mulk savdosi bilan shugʻullangan.
Oʻlimi Politsiyachi Rudi Diaz bilan boʻlgan turmushining tugaganidan tushkunlikka tushgan Abbott 1968-yil 15-dekabrda, 48 yoshga toʻlishidan bir kun oldin Los-Anjelesda oʻz joniga qasd qilgan. Abbott Kaliforniya shtatining Uitter shahridagi Rose Hills Memorial bogʻida dafn etilganResting Places: The Burial Places of 14,000 Famous Persons, by Scott Wilson.
Filmografiyasi Yil Nom Rol Izoh 1946-yil The Razor’s Edge Shouchi qiz 1947-yil Road to Rio Shouchi qiz 1948-yil If You Knew Susie Model 1948-yil Beyond Glory Bazm qizi 1948-yil Night Has a Thousand Eyes Oqsoch 1948-yil Words and Music Shouchi qiz 1948-yil The Paleface Ikkinchi darajali rol 1949-yil Take Me Out to the Ball Game Raqqosa 1949-yil Little Women Maktab oʻquvchisi 1949-yil Neptuneʼs Daughter Model 1949-yil Red, Hot and Blue Qirolicha 1949-yil Angels in Disguise Hamshira 1949-yil East Side, West Side Model 1950-yil Annie Get Your Gun Aravakash ayol 1950-yil Where Danger Lives Hamshira 1950-yil The Petty Girl Yoqimtoy qiz 1950-yil A Life of Her Own Model 1950-yil Copper Canyon Shouchi qiz 1951-yil His Kind of Woman Qarta oʻyinchisi 1951-yil My Favorite Spy Yoqimtoy qiz 1952-yil The Las Vegas Story Ofitsiant qiz 1952-yil Aaron Slick from Punkin Crick Shouchi qiz 1952-yil Skirts Ahoy! WAC 1953-yil The Caddy Kiyinish xonasidagi qiz 1953-yil A Virgin in Hollywood Darla Sloan 1953-yil Give a Girl a Break Chorine 1953–1954-yillar Dragnet Ann Baker 6 ta epizod 1954-yil Thereʼs No Business Like Show Business Shouchi qiz 1955-yil Itʼs a Great Life Asosiy raqqosa Epizod: „The Missing Husband“ 1955-yil Love Me or Leave Me Raqqosa 1955-yil Rebel Without a Cause Hamshira 1956-yil Pardners Raqs zalidagi qiz 1956-yil Everything but the Truth Teleboshlovchi 1956-yil The Great Man Styuardessa 1956–1960-yillar The Adventures of Ozzie and Harriet Bir nechta rollarda 4 ta epizod 1956–1961-yillar The Adventures of Ozzie & Harriet Bir nechta rollarda 11 ta epizod 1957-yil Gunfight at the O. K. Corral Qizaloq 1957-yil Jet Pilot Qizaloq 1957-yil Jailhouse Rock Restorandagi ayol 1957-yil The Unholy Wife Ofitsiant qiz 1958-yil South Pacific Thanksgiving shousidagi hamshira 1958-yil Rock-A-Bye Baby Kotiba 1960-yil The Apartment Ofis ishchisi 1960-yil Pepe Qizaloq 1961-yil Bachelor in Paradise Ikkinchi darajali rolda 1961-yil Lover Come Back Brackett administratori 1962-yil Sergeants 3 Collingwood xonim 1962-yil That Touch of Mink Styuardessa 1963-yil Leave It to Beaver Walker xonim, Kotiba 2 ta epizod 1963-yil A Gathering of Eagles Josten xonim 1963-yil Palm Springs Weekend Radio operatori 1964-yil Quick, Before It Melts Feeley xonim 1964-yil Dear Heart Veronica Filmlardagi soʻnggi roli
Manbalar
Havolalar
Turkum:Amerikalik aktrisalar