Satoshi Nakamoto — bitcoin kriptovalyutasi protokoli va uni tadbiq qilish uchun dasturiy ta’minotning birinchi versiyasini ishlab chiqqan shaxs yoki guruhning taxallusi. Bu nom ortidagi haqiqiy shaxs yoki guruhni oshkor qilishga bir necha marotaba urinishlar qilingan, ammo ularning hech biri muvaffaqiyatli boʻlmagan. Nakamoto birinchi blokcheyn maʼlumotlar bazasini ham yaratgan. 2010-yil dekabriga qadar bitcoin rivojlanishida faol boʻlgan.

Nakamotoning haqiqiy shaxsi haqida keng tarqalgan taxminlar mavjud. Bu nom ortida turgan shaxs yoki guruh haqida turli odamlar taxmin qilingan. Nakamotoning ismi yaponcha va Yaponiyada yashovchi erkak sifatida qayd etilgan boʻlsa-da, ushbu nom ortida AQSh yoki Yevropadagi dasturiy taʼminot va kriptografiya boʻyicha mutaxassislar turadi deb taxmin qilinadi. Manbalar

Turkum:Bitcoin bilan bogʻliq kishilar Turkum:Kriptovalyuta bilan bogʻliq kishilar Turkum:Nomaʼlum shaxslar Turkum:Ehtimol tirik kishilar Turkum:1975-yilda tugʻilganlar