Server Ibragimov (1978-yil 28-noyabr, Guliston, Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik para oʻqchi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida bronza medal sohibi va 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida kumush medali sovrindori. Server Ibragimov Oʻzbekistonning Paralimpiada medalini qoʻlga kiritgan eng yoshi katta sportchisi hisoblanadi.
Faoliyati 2016-yilda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan va erkaklar oʻrtasida 10 metrga havo toʻpponchasi SH1 yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2018-yilda Janubiy Koreyaning Cheongju shahrida oʻtkazilgan oʻq otish para sporti boʻyicha jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritganidan soʻng, Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritgan.
2022-yil Parijda boʻlib oʻtgan Jahon kubogida 10 m va 50 m masofaga toʻpponchadan otish boʻyicha Parij-2024 Yozgi Paralimpiada oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan. Mukofotlari „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni (2024-yil)
Manbalar
Turkum:Paralimpiada oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik bronza medal sohiblari Turkum:21-asrda Oʻzbekiston sportchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston para-atletikachilari Turkum:Paralimpiada oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik kumush medal sohiblari