Janubiy Turkiston harakati – Afgʻonistonning Janubiy Turkiston hududida yashovchi turkiy qabilalarning mustaqillik uchun kurashayotgan jangari guruhidir. Ushbu guruh, shuningdek, Turkiston Ozodlik Yoʻlbarslari yoki Javzjon Boʻrilari nomi bilan ham tanilgan boʻlib, Afgʻoniston Milliy Islomiy Harakatining rahbari, general Abdul Rashid Doʻstumning oʻgʻli Yor Muhammad Doʻstumga sodiq sifatida bilinadi. 2022-yil 29-iyun kuni jangarilar guruhi harakatning tashkil etilganini eʼlon qilib, internetda bir daqiqalik video tarqatdi. Videoda guruh qoʻmondoni Tolibonga qarshi kurashishini va turk xalqlarining huquqlarini himoya qilishini tushuntiradi. Guruh uygʻurlar, Hazoralar, o'zbeklar va turkiy xalqlardan tashkil topgan.

2022-yil 8-fevralda Janubiy Turkiston harakati oʻz faoliyatini Shebergʻonning Qorakent mahallasidagi Tolibon nazorat punktiga hujum qilish bilan boshladi. Hujumda toʻrt Tolibon aʼzosi oʻldirildi va ikki kishi yaralandi. Toʻqnashuv tugagandan soʻng, hujumchilar nazorat punkti devoriga „Turkiston Ozodlik Yoʻlbarslari yashasin“ deb yozib, hududdan qochib ketishdi. Janubiy Turkiston harakati Afgʻonistonning Juzjon va Faryob viloyatlarida faol harakar qiladi. Baʼzi ekspertlar guruhning Turkiya razvedka agentliklari bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini taxmin qiladi.

Eʼlon qilingan maqsadlariga qaramay, Janubiy Turkiston harakati Tolibon hukumatiga qarshi yirik hujumlar uyushtirish yoki keng koʻlamli operatsiyalar oʻtkazish qobiliyatini koʻrsatmagan. Guruhning mahalliy aholi orasida qancha qoʻllab-quvvatlangani yoki mustaqillikka erishish uchun uning uzoq muddatli istiqbollari qanday ekanligi nomaʼlum.

Manbalar

Turkum:Turkiston Turkum:Tolibon Turkum:Harakatlar Turkum:Siyosat Turkum:Markaziy Osiyo Turkum:Markaziy Osiyo tarixi Turkum:Turonizm Turkum:Panturkizm Turkum:Urushdan keyingi Afg‘oniston (2001-2021) Turkum:Afg‘onistondagi isyonkor guruhlar Turkum:2022-yilda Afg‘onistondagi tashkilotlar