Uljon Amriyeva(1999-yil 17-mayda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik para dzyudochi. Musobaqalarda J1 klassda ishtirok etadi.

Faoliyati

2023-yildan buyon para dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi hisoblanadi. Xanjchou-2022 Para Osiyo oʻyinlarida bronza medalni qoʻlga kiritgan. Butunjahon IBSA tashkilotining yakuniy reyting natijalariga koʻra −57 kg vazn toifasida Parij-2024 Yozgi Paralimpiada oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan.

Manbalar