Jordan Pierre Ayew (1991-yil 11-sentyabrda tugʻilgan) — ganalik professional futbolchi, Premier League Crystal Palace jamoasi va Gana milliy futbol terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Marseille link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9b/Valais_Cup_2013_-_OM-FC_Porto_13-07-2013_-_Maicon_et_Jordan_Ayew.jpg/300px-Valais_Cup_2013_-_OM-FC_Porto_13-07-2013_-_Maicon_et_Jordan_Ayew.jpg|right|thumb|300x300px| Ayew 2013-yilda Olympique de Marseille jamoasi tarkibida Ayew 2006-yilda Marseillega tajriba orttiruvchi sifatida qoʻshiladi va 2009-yilda Marseille bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Jordan Ayew 2009-yilning 16-dekabrida Lorient jamoasiga qarshi liga o‘yinida Marseille safidagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi va bu oʻyinda oʻzining birinchi golini uradi. Ayew ikkinchi golini 2011-yil 27-aprel kuni Velodrom stadionida Nicega qarshi kechgan oʻyinda uradi va bu o‘yinda uning akasi Andre Ayew xet-trik qayd etadi. 2011-yilning 1-noyabrida Jordan va Andre birinchi marta UEFA Chempionlar ligasi oʻyinini Premer-liga giganti "Arsenal"ga qarshi oʻyin bilan boshlashadi.

2014-yilning 6-yanvarida u 2013-2014-yilgi mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida 1 Liganing „Sochaux“ jamoasiga qo‘shiladi.

Lorient 2014-yilning 28-iyulida Ayew Lorient jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaydi. Ayew Lorient jamoasiga oʻtishining sababi taklif qilingan oʻyin uslubi va sifati unga yoqqanligi edi.

Aston Villa 2015-yilning 27-iyulida Ayew "Aston Villa" jamoasiga besh yillik shartnoma asosida, nomaʼlum to‘lov evaziga qo‘shiladi. U klubdagi ilk golini 2015-yilning 24-oktyabr kuni „Swansea City“ga qarshi kechgan oʻyinning 62-daqiqada kiritgan. Aston Villa 2015-2016-yilgi mavsum oxirida atigi 17 ochko jamgʻarib, quyi ligaga tushib ketdi. Mavsum davomida Ayew atigi 7 ta gol urgan boʻlsa-da, mavsumni eng yaxshi toʻpurar sifatida yakunladi.

Swansea City 2017-yilning 31-yanvarida Jordan Ayew 2019-2020-yilgi mavsum oxirigacha „Swansea City“ jamoasiga qo‘shiladi. Jordanning katta akasi 2015-2016 yilgi mavsumda „Swansea City“ o‘yinchisi bo‘lgan va keyinchalik 2018-yilning qishki transfer oynasida yana ushbu jamoaga qaytgan.

Crystal Palace 2018-yilning transferlari vaqtida Ayew 2018-2019 yilgi mavsum uchun „Crystal Palace“ jamoasiga ijaraga beriladi.

2019-20 yilgi mavsum 2019-yilning 25-iyulida Ayew „Swansea City“dan 2,5 million funt sterling evaziga transfer qilinib, Crystal Palace bilan uch yillik yangi shartnoma imzolaydi. Ayew o‘zining mavsumdagi ilk golini 2019-yilning 24-avgustida Old Traffordda „Manchester United“ga qarshi o‘yinda kiritadi va „Crystal Palace“ 2:1 hisobidagi tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritadi.

Ayew 2019-yilgi Boxing Dayda West Ham ga qarshi kechgan oʻyinning qoʻshib berilgan daqiqalarida gol kiritib, jamoasiga 2:1 hisobidagi gʻalabani keltiradi. Bu Ayewning Premier-ligadagi 21-goli edi. Mavsum oxirida u 9 ta gol bilan „Crystal Palace“ning eng yaxshi toʻpurariga aylanadi va „Crystal Palace“ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi va mavsumning eng yaxshi goli sovrinlarini qoʻlga kiritadi.

2022-yilning iyun oyida Ayew Crystal Palace bilan shartnomasini 2023-yilgacha uzaytiradi.

Xalqaro faoliyati Ayew Gana terma jamoasi tarkibida birinchi marta 2010-yil 5-sentyabrda Lobamba shahridagi Somhlolo milliy stadionida Swazilandga qarshi kechgan oʻyinda maydonga tushadi. 2012-yil 1-iyunda Ayew oʻzining birinchi va ikkinchi xalqaro gollarini 2014-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Gananing Kumasi shahridagi Kumasi sport stadionida Lesothoga qarshi oʻyinda uradi. 2011-yil dekabr oyida Ayew Gana milliy terma jamoasining 2012-yilgi Afrika Millatlar kubogi doirasidagi oʻyinlari uchun vaqtinchalik 25 kishilik tarkibiga kiritiladi.

2014-yil iyun oyida u 2014 yilgi Jahon chempionati uchun Gana terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. 2014-yil 9-iyun kuni Braziliyada bo‘lib o‘tgan 2014-yilgi Jahon chempionati oldidan Gana terma jamoasining so‘nggi tayyorgarlik o‘yinida jarohat olgan Majeed Warisning o‘rniga Ayew birinchi bo‘limda maydonga tushadi va xet-trik qayd etadi.

Jordan Ayew 2015-yilda Ekvatorial Gvineyada bo‘lib o‘tgan Afrika Millatlar Kubogida Gana terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.

U 2021-yilgi Afrika Millatlar Kubogida Gana terma jamoasi tarkibiga kiritilib, musobaqaning guruh bosqichida ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti Ayew Maha Ayew va Abedi Pelening oʻgʻli. Uning ona tomondan bobosi Alhaji A.A. Khadir livanlik boʻlgan. Uning otasi, amakilari Kwame va Sola, akalari Andre va Ibrahimlar hammasi professional futbolchilardir. Shuningdek, opasi Imani ham professional futbolchi. Ayew amaldagi musulmon boʻlib, Denise Acquahga uylangan va ularning ikki farzandi bor.

Faoliyati statistikasi

Klub KlubMavsumLigaKubokYevropaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarMarseille2009-10Ligue 1410000412010-1122240302922011-1234354604572012-13357309347102013-141611051222Jami1111413423414722Sochaux (ijara)2013-14Ligue 117510—185Lorient2014-15Ligue 1311221—3313Aston Villa2015-16Premier League30760—3672016-17Championship21211—223Jami51971—5810Swansea City2016-17Premier League14100—1412017-1836784—4411Jami50884—5812Crystal Palace (ijara)2018-19Premier League20151—252Crystal Palace2019-20Premier League37920—3992020-2133120—3512021-2231330—3432022-236010—70Jami12714131—14015Faoliyatida jami38762441123445477

Xalqaro Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Gana 2010 2 0 2011 1 0 2012 7 2 2013 0 0 2014 11 3 2015 14 5 2016 7 1 2017 8 1 2018 1 2 2019 10 3 2020 4 0 2021 8 1 2022 8 1 Jami 81 19

Yutuqlari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/59/Jordan_Ayew_-_TdC_2011.jpg/175px-Jordan_Ayew_-_TdC_2011.jpg|thumb|203x203px| Ayew Marseille jamoasi bilan 2011-yilgi Chempionlar kubogidagi gʻalabasini nishonlamoqda Marseille

Liga 1 : 2009-10 Kupe de la Liga : 2009-10, 2010-11, 2011-12 Chempionlar kubogi : 2010, 2011

Individual

„Crystal Palace“ning eng yaxshi futbolchisi : 2019-20. Gananing eng yaxshi futbolchisi : 2020.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Ganalik erkak futbolchilar

Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari