Andrey Vikentyevich Zigmantovich yoki Andrey Zigmantovich (, ; 1962-yil 2-dekabrda tugʻilgan) – belaruslik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Belarus U19 terma jamoasi bosh murabbiyi.

Asosan maydonda yaxshi joy tanlash mahoratga ega boʻlgan himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan Andrey, Minskning „Dinamo“ jamoasida deyarli oʻn yil oʻynagan. Shuningdek, Niderlandiya (bir yil) va Ispaniya jamolarida ham oʻynagan. 2000-yillar boshida Andrey murabbiylik faoliyatini boshlagan.

Zigmantovich 1990-yilgi jahon chempionatida Sovet Ittifoqini himoya qilgan va keyinchalik Belarus terma jamoasida ham oʻynagan.

Klub karerasi Sovet Ittifoqining Minsk shahrida tugʻilgan Zigmantovich Minskning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan. Oʻzining ikkinchi professional mavsumida 30 ta oʻyinda maydonga tushgan va Dinamo (Minsk) jamoasi bilan birgalikda oʻz tarixidagi yagona Sovet Oliy ligasidagi chempionlikka erishishida yordam bergan. 1991/1992-yilgi mavsumda Niderlandiyaning „Groningen“ jamoasida oʻynaganidan soʻng, 30 yoshli futbolchi faoliyatining asosiy qismini oʻtkazgan Minsk jamoasiga qaytgan.

1993-yil boshida Zigmantovich yana chet elga, Ispaniya jamoasiga koʻchib oʻtgan. Ispaniyaning Racing de Santander jamoasida sobiq vatandoshlari (rus) Ilshat Fayzulin, Dmitriy Popov va Dmitriy Radchenkolar bilan birgalikda uch mavsum davomida oʻynagan. 1993/1994-yilgi mavsumda Andrey jamoada muhim rol oʻynagan va Rasing klubi La Ligadagi eng yaxshi natijaga (sakkizinchi) erishdilar.

Zigmantovich 2001-yilda oʻz mamlakatida, jumladan, 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoada murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2007-yilda Litvaning FBK Kaunas jamoasida murabbiylik qilgan.

Xalqaro1 0martaba Zigmantovich Sovet Ittifoqi terma jamoasidagi debyutini 1984-yil 28-martda Gʻarbiy Germaniya bilan oʻrtoqlik oʻyinda oʻtkazgan. Andrey 1990-yilgi FIFA Jahon chempionatida Ittifoq terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, Kamerunga qarshi oʻyinda (4:0, soʻnggi guruh bosqichida) gol urgan. Bu oʻyin uning Sovet Ittifoqi mamlakatdagi soʻnggi xalqaro oʻyini boʻlgan.

Keyinchalik Zigmantovich Belorussiya terma jamoasi safida toʻqqizta oʻyinda maydonga tushgan. Andrey birinchi oʻyinini 1992-yil 28-oktyabrda Minskda Ukraina bilan oʻrtoqlik oʻyinida (1:1) oʻtkazgan va ilk oʻyinda durang oʻynagan.

Terma jamoa safida gollar

№SanaJoyRaqibHisobNatijaMusoboqa1.1985-yil 28-yanvarMaharaja College Stadium, Kochi, Hindiston0–2Gʻal1985-yilgi Neru kubogi2.1985-yil 28-avgustLenin nomidagi markaziy stadionv, Moskva, Sovet Ittifoqi1–0GʻalOʻrtoqlik uchrashuvi3.1990-yil 18-iyunSan Nicola, Bari, Italiya0–4GʻalFIFA Jahon chempionati 1990

Yutuqlar Dinamo Minsk

Sovet oliy ligasi: 1982-yil Belarusiya Premer-ligasi: 1992–93

Manbalar

Havolalar LegionerKulichi profile RussiaTeam biography and profile

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Belaruslik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:SSSR milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Belarus milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1990 oʻyinchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Belarus Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:FC Dinamo Minsk futbolchilari Turkum:FC Groningen futbolchilari Turkum:Racing de Santander futbolchilari Turkum:Belaruslik futbol murabbiylar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FC Partizan Minsk murabbiylari Turkum:Belarus milliy futbol terma jamoasi murabbiylari