Yuriy Valentinovich Pereskokov (1963-yil 15-may, Moskva – 2023-yil 23-iyun, Tula) – sovet va rus futbolchisi. U darvozabon sifatida oʻynagan. Davlat menejment universitetini „Jamoaviy sport turlarida menejment“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlaganPereskokov i Podshivalov poluchili diplomi GUU.

Karyera Yuriy Pereskokov FSM Moskva jamoasining futbol maktabu tarbiyalanuvchsi. Faoliyatini CSKA (Moskva) jamoasida boshlagan. Yuriy faqat oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan. Keyinchalik Yuriy birinchi liganing „Dinamo“ (Kirov) klubiga oʻtgan va Kirov jamoasi tarkibida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. 1983-yilda Yuriy Moskvaning „Spartak“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Qizil-oqlar safida ikkita oʻyin oʻtkazgan. Birinchi jamoa tarkibi uchun Andrey Mixalichevga raqobatda yutqazgan va olti oydan keyin Krasnaya Presnya jamoasiga koʻchib oʻtgan. Krasnaya Presnaya klubida Oleg Romantsev boshchiligida jamoaning asosiy tarkib oʻyinchisiga aylangan. 1987-yilda Pereskokov Bokuning „Neftchi“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va Boku klubi tarkibida SSSR chempionati oliy ligasida debyut qilgan. Keyinchalik Yuriy „Fakel“ (Voronej), „Spartak“ (Vladikavkaz) va „Paxtakor“ klublarida oʻynagan. Faoliyatini Nijniy Novgorodning „Lokomotiv“ klubida yakunlagan.

Pereskokov futbolchilik faoliyatini yakunlagach, „Lokomotiv“da qoldi va u yerda darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlay boshladi. 1998 va 1999-yillarda u klub futbolchisi sifatida qayd etilgan, biroq birorta ham oʻyin oʻtkazmagan.

Murabbiylik faoliyati 2001-yil apreldan dekabrgacha Pereskokov „Norilsk Nikel“ mini-futbol klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan. 2002-yildan 2003-yil iyuligacha Novorossiysk Chernomorets jamoasida darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlagan.

Keyinchalik Moskvaning „Spartak“ klubida darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlagan. 2007-yilning mart oyida klub sport direktori Sergey Shavlo Pereskokovni „Spartak“ klubining oʻrinbosarlar jamoasi darvozabonlariga murabbiylikka oʻtkazgan, shundan soʻng Pereskokov klubdan isteʼfoga chiqqanIz „Spartaka“ uvolen glavniy po vrataryam. Keyinchalik Pereskokov Moskva viloyatining „Ximki“ klubi bilan darvozabonlar murabbiyi sifatida shartnoma imzolaganPereskokov stal trenerom vratarey „Ximok“.

2009-yil mart oyida Pereskokov „Lokomotiv“ darvozabonlar murabbiyi boʻlgan. 2010-yil sentyabridan Bryanskning „Dinamo“ klubi darvozabonlar murabbiyiV bryanskom „Dinamo“ noviy trener po rabote s vrataryami, 2014-yilning iyunidan Ufa darvozaboni murabbiyi boʻlgan.

2023-yil 23-iyunda vafot etgan.

Yutuqlar

RSFSR kubogi gʻolibi: 1985-yil

Manbalar

Havolalar

Yuriy Pereskokov Spartak.com saytidagi profil Yuriy Pereskokov Pereskokov bilan suhbat Yuriy Pereskokov Yuriy Pereskokov: Hozir faqat oligarxlargina futbolchilardan koʻproq maosh oladi

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC Dinamo Kirov futbolchilari Turkum:FC Presnya Moskva futbolchilari Turkum:Neftçi Boku klubi futbolchilari Turkum:FC Fakel Voronezh futbolchilari Turkum:FC Spartak Vladikavkaz futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari