Oʻsmirlar oʻrtasidagi 2024-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlari (), rasmiy nomi IV qishki oʻsmirlar Olimpiadasi, shuningdek, Gangwon 2024 () qishki koʻp sport tadbiri, madaniy festival 2024-yil 19-yanvar – 1-fevral kunlari Janubiy Koreyaning Gangwon provinsiyasida boʻlib oʻtdi.
Tanlov jarayoni
XOQning Kelajakdagi mezbonlar komissiyasi Gangwonni oʻyinlar uchun eng maqbul nomzod sifatida belgiladi va yangi Olimpiada oʻyinlariga nomzodlik jarayoni doirasida ushbu mintaqa bilan maqsadli muzokaralar olib bordi. Ruminiyaning Brasov, Ispaniyaning Granada va Bolgariyaning Sofiya shaharlari ham ishtirokchi tomonlar edi. Ular XOQ va Kelajakdagi mezbonlar komissiyasi bilan uzluksiz muloqotda ishtirok etdilar. Musobaqalar 2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilgan Gangneung shahri va Pyeongchang okrugi oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Bu Yevropadan tashqarida oʻtkazilgan birinchi qishki oʻsmirlar Olimpiadasi edi.
+ Oʻsmirlar oʻrtasidagi 2024-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlari tanlov jarayoni natijalari Ishtirokchi Davlat OvozlarGangwon provinsiyasi79Taklif mavjud emas2Absentatsiya1Jami82
Tayyorgarlik jarayoni
Olimpiada oʻtkaziladigan joylar Oʻsmirlar musobaqasida 2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining koʻp joylari yana ishlatilgan; qor ustidagi musobaqalar Pyeongchang okrugida, muz ustidagi musobaqalari esa Gangneungda oʻtkazildi.
Agar talabga javob bersa Shimoliy Koreyaning Wonsan shahri ishtirok etishi mumkin edi. Ammo bu amalga oshmadi.
Pyeongchang (togʻ klasteri) Pyeongchangning Daegwallyeong-myeon shahridagi Alpensia sport parki 2018-yildagi kabi oʻyinlarning asosiy diqqat markazida boʻldi.
Yongpyong Dome – opening ceremony Alpensia Ski Jumping Centre – changʻi sporti, Skandinaviya kombinatsiyasi Alpensia Biathlon Centre – biatlon, changʻi sporti, Skandinaviya kombinatsiyasi Alpensia Sliding Centre – lyuge, bobsley, skeleton
Bundan tashqari, Hoengseongda alohida joy joylashgan: Welli Hilli Park – erkin usulda changʻi uchish (qiya, yarim quvurli, Big Air, ski-kross), snoubordda uchish
Yana bir mustaqil ochiq sport maydonchasi qoʻshni Jeongseon okrugida joylashgan edi: High1 Resort – atogʻ changʻisi, erkin usulda changʻi uchish, Yoshlar Olimpiya qishlogʻi
Gangneung (togʻ klasteri) Gangneungdagi Gyo-dong hududidagi Gangneung Olimpiya bog‘ida toʻrtta yopiq sport oʻyinlari va yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu majmuada 2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari uchun qurilgan yopiq maydonchalar joylashgan va ulardan yana foydalanilgan: Gangneung Hockey Centre – xokkey, yopilish marosimi Gangneung Curling Centre – kyorling Gangneung Oval – konkida uchish, ochilish marosimi Gangneung Ice Arena – qisqa trassada konkida uchish, figurali uchish Gangneung–Wonju National University – Olimpiya qishlogʻi
Oʻyinlar
Sportlar Olimpiya oʻyinlarining tarixida sportning har qanday turi boʻyicha birinchi marta gender tenglik qoidasi qoʻllanildi. Bu shuni anglatadiki, Olimpiya dasturidagi sportlarda bir xil miqdordagi erkaklar va ayollar ishtirok etadi (34). Ushbu oʻsmirlar olimpiadasida jami 81 ta musobaqa 7 ta sport turi va 15 ta yoʻnalishda sportchilar bellashdi. Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi 2021-yilda birinchi marta aralash MOQ tadbirlari oʻtkazilmasligini belgilagan edi. Baʼzi sport dasturlari ham oʻzgardi, changʻi sportida va Skandinaviya kombinatsiyasida aralash jinsli estafetalar qoʻshildi. Birinchi marta qisqa masofaga konkida uchish boʻyicha 1500 m masofaga ikkita individual musobaqa oʻtkazildi. Biroq, changʻi sporti boʻyicha musobaqalar soni 7 tadan 5 taga qisqartirildi.
Ishtirok etuvchi Milliy Olimpiya qoʻmitalari Jami 78 ta MOQdan umumiy 1803 nafar sportchi ishtirok etishi kutilgan edi. Beshta davlat yoshlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarida debyut qildi: Jazoir, Nigeriya, Puerto-Riko, Tunis va Birlashgan Arab Amirliklari, oxirgi ikkitasi esa oʻzlarining birinchi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ham ishtirok etgan edi. Albaniya musobaqada qatnashish uchun 79-MOQ boʻlishi kerak edi, ammo uning yagona sportchisi musobaqani tark etdi.
Ishtirok etuvchi Milliy Olimpiya qoʻmitalari
(host)
Jadval Barcha sanalar KST (UTC+9)'' OCOchilish marosimi●Musobaqalar1FinallarEGKoʻrgazmaCCYopilish marosimi
Yanvar/Fevral19Ju20Shan21Yak22Du23Se24Chor25Pay26Ju27Shan28Yak29Du30Se31Chor1PayEvents Marosimlar OCCC Togʻ changʻisi
|style="background-color:#ffcc00;" |2 |style="background-color:#ffcc00;" |2 |style="background-color:#ffcc00;" |1 |style="background-color:#ffcc00;" |1 |style="background-color:#ffcc00;" |2 |style="background-color:#ffcc00;" |1
|9 Biatlon | |style="background-color:#ffcc00;" |2 |style="background-color:#ffcc00;" |1 | |style="background-color:#ffcc00;" |2 |style="background-color:#ffcc00;" |1
|6 Bobsley
|style="background-color:#ffcc00;" |1 |style="background-color:#ffcc00;" |1
|2 Cross changʻi sporti
|style="background-color:#ffcc00;" |2 |style="background-color:#ffcc00;" |2 | |style="background-color:#ffcc00;" |1 |5 Kyorling | |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#ffcc00;" |1 |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#ffcc00;" |1 |2 Figurali uchish
|style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#ffcc00;" |2 |style="background-color:#ffcc00;" |2 | |style="background-color:#ffcc00;" |1 |5 Erkin changʻi sporti
|style="background-color:#ffcc00;" |2 |style="background-color:#ffcc00;" |2 |style="background-color:#ffcc00;" |1 |style="background-color:#ffcc00;" |1 |style="background-color:#ffcc00;" |2 |style="background-color:#ffcc00;" |2
|style="background-color:#ffcc00;" |2 | |12 Xokkey | |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#ffcc00;" |2 | |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#ffcc00;" |2 | |4 Lyuge | |style="background-color:#ffcc00;" |2 |style="background-color:#ffcc00;" |2 | |style="background-color:#ffcc00;" |1
|5 Skandinaviya kombinatsiyasi
|style="background-color:#ffcc00;" |2 | |style="background-color:#ffcc00;" |1 | |3 Qisqa trekda konkida uchish | |style="background-color:#ffcc00;" |2 |style="background-color:#ffcc00;" |2 |style="background-color:#ffcc00;" |2 | |style="background-color:#ffcc00;" |1
|7 Skeleton
|style="background-color:#ffcc00;" |1 |style="background-color:#ffcc00;" |1
|2 Changʻida sakrash | |style="background-color:#ffcc00;" |2 |style="background-color:#ffcc00;" |1
|3 Snoubordda uchish | |style="background-color:#ffcc00;" |2 |style="background-color:#ffcc00;" |1
|style="background-color:#ffcc00;" |1 |style="background-color:#ffcc00;" |1 | |style="background-color:#3399ff;" |● |style="background-color:#ffcc00;" |2
|style="background-color:#ffcc00;" |2 |9 Konkikda uchish
|style="background-color:#ffcc00;" |2 |style="background-color:#ffcc00;" |2 | |style="background-color:#ffcc00;" |1 |style="background-color:#ffcc00;" |2
|7Jami dasturlar 0 10 9 8 10 6 8 4 2 4 6 4 5 5 81Umumiy 0 10 19 27 37 43 51 55 57 61 67 71 76 81 81Yanvar/Fevral19Ju20Shan21Yak22Du23Se24Chor25Pay26Ju27Shan28Yak29Du30Se31Chor1PayDasturlar
Ochilish marosimi 2024-yilgi oʻsmirlar qishki Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimi 2024-yil 19-yanvar kuni Gangneungda va Pxyonchxandagi Yongpyong Domeda boʻlib oʻtdi. 2020-yilgi qishki oʻsmirlar Olimpiada oʻyinlaridan beri birinchi marta (COVID-19 pandemiyasi tugaganidan keyin) butun dunyo boʻylab tomoshabinlarga ruxsat berildi. Marosimda Hori7on, Lun8 va TripleS K-pop guruhlari repperlar Ash Island, Hwasa va Changmo bilan birga chiqish qilishdi. Li Jun Min mash’alani yoqdi.
Yopilish marosimi 2024-yilgi oʻsmirlar qishki Olimpiada oʻyinlarining yopilish marosimi 2024-yil 1-fevral kuni kechqurun Gangneungdagi Gangneung xokkey markazida boʻlib oʻtdi. Marosimda reper Li Young-ji chiqish qildi. Marosim raqamli olovning oʻchirilishi bilan yakunlandi.
Medal jadvali
Marketing Tashkiliy qoʻmita oʻyinlarni targʻib qilish maqsadida Janubiy Koreyaning Shinee bolalar guruhi bilan Choi Min-ho qoʻshigʻini ishlab chiqdi va Eileen Gu, Choi Min-jeong va Yuna Kim kabi mashhurlardan olimpiada elchilari sifatida foydalandi.
Oʻyinlarning rasmiy qoʻshigʻi „We Go High“ deb nomlanadi.
Maskot 2023-yil 19-yanvarda tashkiliy qoʻmita Moongcho (뭉초) deb nomlangan maskotni ommaga taqdim etdi. Uni kollej talabasi Soo-Yeon Park loyihalashtirgan. Maskot 2018-yilgi Qishki Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlarining maskotlari boʻlgan Soohorang va Bandabi oʻrtasidagi qor jangidan tugʻilgan qor toʻpi shaklida edi.
Chiptalar Tashkiliy qoʻmita ochilish marosimidan tashqari barcha tadbirlar bepul boʻlishini eʼlon qildi.
Maʼshala estafetasi Mash’ala estafetasi 2023-yil 3-oktyabr kuni Gretsiyaning Panathenaic stadionida boshlandi, u yerda alanga yoqildi. Olov 8-oktabr kuni Janubiy Koreyaning Seul shahriga yetib bordi va shu kuni estafetaning koreys bosqichi boshlandi. Estafeta 2024-yil 19-yanvarda ochilish marosimida yakunlandi.
Yana qarang Qishki sport turlari: 2018-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlari va 2018-yilgi Qishki Paralimpiada o‘yinlari Yozgi sport turlari: 1988-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari va 1988-yilgi Yozgi Paralimpiada o‘yinlari
Manbalar
Havolalar
Rasmiy sayt 2024-yilgi qishki oʻsmirlar Olimpiadasi
Turkum:2024-yilgi qishki oʻsmirlar Olimpiadasi