Ramil Aleksandrovich Alimov (; 2000-yil 1-fevral, Nijniy Novgorod, Rossiya), Ramil taxallusi bilan mashhur – rossiyalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. U 2019-yilda „Xochesh so mnoy“ singli va shu nomdagi albomini chiqargandan soʻng mashhurlikka erishadi. Uning „Vsya takaya v belom“ qoʻshigʻi VKontakte ijtimoiy tarmogʻida birinchi oʻrinni egalladi.

2020-yilda Ramil „Siyay“ singlini chiqardi, u MDH mamlakatlari chartlarida yetakchi oʻrinni egalladi.

Hayoti Alimov Ramil Aleksandrovich 2000-yil 1-fevralda Nijniy Novgorodda tugʻilgan, tatar va rus millatiga mansub boʻlib, nasroniylikni oʻz dini sifatida tanlagan. Ota-onasi Ramil 8 oylik boʻlganida ajrashishgan. 14 yoshigacha onasi, buvisi va bobosi bilan yashagan.

Nijniy Novgoroddagi 172-maktabda tahsil olgan; musiqa maktabiga pianino kursiga borgan.

Maktab oʻquvchisi sifatida Ramil boks va aralash yakkakurashlar bilan shugʻullangan.

Faoliyati Treklarni yozish paytida Ramil koʻpincha hayotida sodir boʻlgan vaziyatlarni tasvirlaydi. Dastlab qoʻshiqchi oʻz ijodini faqat Instagramda baham koʻrdi, keyin unga musiqachi va prodyuser Ishxan Avakyan (Xanza) hamkorlik qilishni taklif qildi.

2019-yilda Ramil oʻzining debyut singli „Xochesh so mnoy“ ni chiqardi, buning natijasida u mashhurlikka erishdi va uch oy oʻtgach, xuddi shu nomdagi birinchi studiyaviy albomi chiqdi.

2020-yil 10-iyulda Ramil Milliy fonografik prodyuserlar federatsiyasi (NFPF) tomonidan 2 hafta ichida ikki marta Platina disk sertifikatini olgan „Siyay“ singlini chiqardi, bu mamlakat uchun rekord boʻldi. Ikki oy oʻtgach, qoʻshiq uchun videoklip chiqdi.

Manbalar

Turkum:Rus reperlari Turkum:Nijniy Novgorodda tugʻilganlar