Abubakr Mirzo (1458—1479 oktyabr) — temuriylar sulolasidan boʻlgan shahzoda, Abusaid Mirzoning oʻgʻli. Badaxshon hokimi. Hayoti Abubakr Mirzo 1458-yilda Abusaid Mirzoning badaxshonlik xotinidan tugʻilgan. Otasi unga Badaxshon hokimligini inʼom qilgan. Tarixchilar Abubakr Mirzoni shijoatli, himmatli va jasur boʻlgan, deb taʼriflaydilar.
Husayn Boyqaroning Chakman jangidagi gʻalabasidan soʻng Abubakr Mirzoda uning mulozamatiga kirish niyati paydo boʻladi. Shu sababli Jaloliddin Mazit argʻun bilan birgalikda Hirotga boradi.
Abubakr Mirzoni Hirotda yuksak ehtirom bilan kutib oladilar. Husayn Boyqaro u va uning hamrohlariga qimmatbaho hadyalar beradi va bir necha kun davom etgan bazmdan soʻng Abubakr Mirzoni katta qizi Sultonim begimga unashtirib qoʻyadi. Shundan keyin Abubakr Mirzo Badaxshonga qaytib ketadi.
Keyinchalik Husayn Boyqaro bilan munosabatlari yomonlashadi va 1479-yil oktyabrda qatl qilinadi. Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Temuriylar sulolasi Turkum:1458-yilda tugʻilganlar Turkum:1479-yilda vafot etganlar