Vitaliy Anatolyevich Kalashnikov (1958-yil 18-noyabr, Xadijensk shahri – 2012-yil 11-yanvar, Dubna shahri) – rus shoiri, nosir, tarjimon, " Zaozernaya maktabi " sheʼriy guruhining asoschilaridan biri.
Biografiyasi Vitaliy Anatolyevich 1958-yil 18-noyabrda Krasnodar viloyati, Apsheronskiy tumani, Xadijensk shahrida tugʻilgan.
Rostov universitetining falsafa fakultetini tamomlagan.
Shoir bir muddat Rostov-Don va Azovda (Tanais arxeologik qoʻriqxonasida) yashagan, u yerda „Zaozernaya maktabi“ sheʼriyat guruhining asoschilaridan biri boʻlgan (Gennadiy Jukov, Vitaliy Kalashnikov, Igor Bondarevskiy, Vladimir Ershov, Aleksandr Brunko). Boʻlajak shoirning 1989-yilda „Stixotvoreniya“ nomli ilk she’riy to‘plami nashr etilgan. Toʻplamni koʻrib chiqqan A. Marchenko, guruhning eʼlon qilingan tamoyillariga eng yaqin boʻlgan aʼzosi Kalashnikov ekanligini taʼkidlagan.
Kalashnikov zargarlik keramikasi bilan shugʻullangan. Moskvaga koʻchib oʻtgandan keyin Vitaliy oʻz zargarlik ustaxonasiga ega boʻlgan. Yevropaning koʻplab mamlakatlari, xususan, Yaponiya, Amerika, Fransiyada aynan oʻsha ustaxonada yaratilgan asarlar koʻrgazmalari oʻtkazilganGaydashova K. Na anglichan oni bili poxoji // www.km.ru. – 2008. – 28 iyulya.
Vitaliy Kalashnikov Grushinskiy festivali madhiyasining hammuallifi (A. Kozlovskiy bilan birga)Sobstv. korr. Zaderjan podozrevaemiy v ubiystve poeta Vitaliya Kalashnikova // Novie izvestiya. – 2012. – 16 yanv..
Shoir umrining soʻnggi yillarida Moskvada yashagan. 2012-yil 11-yanvar kuni Dubna shahrida 6-yanvardan 7-yanvarga oʻtar kechasi sodir boʻlgan koʻcha hujumi natijasida hushiga kelmay vafot etgan. Vitaley Anatolyevich Nedvigovka fermasi (Tanais) qabristoniga dafn qilinganBityutskiy S. Ushyol iz jizni poet Vitaliy Kalashnikov // Gorod N. – 2012. – 14 fevr.. Shoirning qotili 2012-yilning avgust oyida sud qaroriga binoan 10 yilga ozodlikdan mahrum etilganSobstv. korr. Ubiysu poeta V. Kalashnikova prigovorili k 10 godam kolonii // RBK. – 2012. – 13 avg..
Anatolyevichning pyesalari asosida bir nechta filmlar suratga olingan. Jumladan yozuvchining asari asosida 2016-yilda aktyor va rejissyor I. Karpov („Pod derevom“ teatri) „Sni Tanaisa“ nomli yakkaxon spektaklni sahnalashtirgan.
Manbalar
Turkum:1958-yilda tugʻilganlar Turkum:18-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar