Kéndrik Lamár Dákvort (; 1987-yil 17-iyunda tugʻilgan) – amerikalik reper, qoʻshiq muallifi, prodyuser va tadbirkor. U Kaliforniyaning Kompton shahridan. U oʻzining Overly Dedicated, Section.80, Good Kid, MAAD City, To Pimp a Butterfly va DAMN. albomlari bilan mashhur. Shuningdek, u beshta miksteyp chiqargan.
2013-yil oktabr oyida Lamar 2013-yilgi BET Awardsda beshta mukofotni qoʻlga kiritdi. U shouda Money Trees qoʻshigʻini ijro etdi.
U 2013-yil 5-noyabrda chiqarilgan Eminemning The Marshall Mathers LP 2 albomidagi yagona mehmon repper edi.
Lamar Kanye West bilan 2013-yil oktabr-dekabr oylarida Yeezus Tour doirasida oʻn sakkizta kontsert berdi.
Lamar 2013-yilda yettita Gremmi mukofotiga nomzod boʻlgan. U taqdirlash marosimida Imagine Dragons bilan m. A. A.d city va Radioactive remiksini ijro etgan.
2024-yilda Kendrik Metro & Futureʼning Like That qoʻshigʻida mashhur reper Drake bilan bif boshlaydi va shu tariqa hip-hop hamjamiyati Drake tarafdorlari va Lamar tarafdorlari oʻrtasida boʻlinib ketadi.
2015-yilda Kendrik Lamar To Pimp a Butterfly nomli studiya albumini taqdim etdi. Bu albom Gremmi mukofotlarida „Eng yaxshi rep albomi“ nominatsiyasini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, loyiha „Yilning eng yaxshi albomi“ nominatsiyasiga ham tavsiya etildi. Albumdagi „I“ nomli yagona qoʻshiq 2014-yilda Gremmi mukofotlarining „Eng yaxshi rep qoʻshigʻi“ va „Eng yaxshi rep ijrosi“ nominatsiyalarida gʻolib boʻldi. Albomdan yana ikkita qoʻshiq 2015-yilgi marosimda mukofotlarga sazovor boʻldi: Alright „Eng yaxshi rep qoʻshigʻi“ va „Eng yaxshi rep ijrosi“ nominatsiyalarida, These Walls esa „Eng yaxshi rep/qoʻshiq hamkorligi“ nominatsiyasida gʻalaba qozondi. Alright shuningdek, „Yil qoʻshigʻi“ va „Eng yaxshi musiqiy video“ nominatsiyalarini oldi.
2017-yilda Lamar DAMN. qoʻshigʻini yangicha yaxshilangan versiyada chiqardi. Albom 2017-yilda yettita Gremmi mukofotiga nomzod boʻlgan va beshta gʻolib boʻlgan. Albom „Eng yaxshi rap albomi“ mukofotiga sazovor boʻldi, shu bilan birga „Yil albomi“ nominatsiyasiga sazovor boʻldi. HUMBLE. singli "Eng yaxshi rap ijrosi, " „Eng yaxshi rap qoʻshigʻi“ va „Eng yaxshi musiqiy video“ nominatsiyalari bilan taqdirlangan, shuningdek, „Yil rekordi“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan. Qoʻshiqchi Rihanna ishtirokidagi yana bir trek LOYALTY. eng yaxshi rep/qoʻshiq ijrosi uchun mukofotga sazovor boʻldi. 2018-yilda DAMN. musiqa boʻyicha Pulitser mukofotiga sazovor boʻldi va Lamar bu mukofotni qoʻlga kiritgan birinchi rep ijrochisiga aylandi.
2018-yilda Lamar „Qora pantera“ filmi saundtreki sifatida „Qora pantera“ qoʻshigʻini chiqardi, Lamar ushbu filmda saundtreklarga javobgar asosiy kurator boʻlib ishlagan. Ushbu chiqarilgan saundtrek va uning treklari 2018-yilda yilning eng yaxshi albomi uchun yettita Gremmi mukofotiga sazovor boʻldi. Kingʻs Dead treki (Future, Jay Rock va James Blake bilan) eng yaxshi rep ijrosi uchun mukofotga sazovor boʻldi.
2022-yil 13-mayda Lamar musiqa yaratishdan 5 yillik tanaffusdan soʻng oʻzining beshinchi studiyaviy albomi Mr. Morale & the Big Steppersni chiqardi. U „Eng yaxshi rap albomi“ mukofotini qoʻlga kiritdi va 2023-yilgi Gremmi mukofotlarida „Yil albomi“ nominatsiyasiga nomzod boʻldi.
Manbalar
Turkum:Shaxsiyatlar Turkum:Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar Turkum:Reperlar Turkum:Reper Turkum:Musiqa Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:17-iyunda tugʻilganlar Turkum:Kendrick Lamar Turkum:XXI asr afro-amerikalik erkak qo‘shiqchilari Turkum:XXI asr amerikalik repperlari Turkum:XXI asr amerikalik qo‘shiq mualliflari Turkum:XXI asr afro-amerikalik biznesmenlari Turkum:Alternativ hip-hop musiqachilari Turkum:Amerikalik xristianlar Turkum:Amerika jazz musiqachilari Turkum:Amerikalik musiqiy video rejissyorlar Turkum:Amerikalik hip-hop prodyuserlari Turkum:Amerikalik hip hop-qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Afro-amerikalik xristianlar Turkum:Afro-amerikalik film rejissyorlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar