John William Ashe (1954-yilning 20-avgusti – 2016-yilning 22-iyuni) Antigua va Barbudalik diplomat va siyosatchi edi. Ashe 2013-yil sentyabrdan 2014-yil sentyabrgacha davom etgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 68-sessiyasi prezidenti boʻlgan. Shuningdek, Ashe 2012-yilda YUNISEF Ijroiya kengashining prezidenti boʻlgan. Ashe 1995-yildan 2004-yilgacha Antigua va Barbudaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili sifatida xizmat qilgan. Hayoti va taʼlimi Ashe Sent-jons shahridagi, Antigua orolida tugʻilgan. Ashening ota-onasi oʻrta maktabni tugatmagan. Uning otasining bobosi imzo qoʻyganda „X“ belgisidan foydalangan va onasi esa Barbadosdagi qul plantatsiya egalari avlodlaridan biri edi. Shu sababli, Ashe oilasida birinchi boʻlib universitetda oʻqigan. Ashe Sent Mery universiteti (Halifax) va Nova Scotia texnika universitetini bitirgan. 1989-yilda Ashe Pensilvaniya universitetidan bioenergetika boʻyicha falsafa doktori darajasini olgan.
Siyosiy karyerasi 1989-yildan 1995-yilgacha Ashe Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi oʻz mamlakatining doimiy vakolatxonasida ilmiy attashe, maslahatchi sifatida ishlagan. 1995-yildan 2004-yilgacha Ashe Antigua va Barbudaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagidagi doimiy vakilining oʻrinbosari boʻlgan. Ashe 2005-yilning 11-22-aprel kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining shtab-kvartirasida boʻlib oʻtgan barqaror rivojlanish boʻyicha komissiyaning oʻn uchinchi sessiyasi raisi sifatida xizmat qilgan.
2009-yil aprel oyida Ashe Kyoto protokoliga binoan I tomonlarning keyingi majburiyatlari boʻyicha „Ad Hoc“ ishchi guruh (AWG-KP) raisi etib saylandi va Kopengagenda boʻlib oʻtgan 2009-yilgi Birlashgan Millatlar Tashkiloti iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasining yakuniy bosqichidagi muzokaralarni nazorat qilish mas’uliyatini oldi. 2011-yil oxiriga kelib, Ashe barcha 33 Lotin Amerikasi va Karib havzasi guruhi aʼzo davlatlari tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 68-sessiyasi prezidenti uchun yagona nomzod sifatida koʻrsatilgan. Shu tufayli saylov oʻtkazish talab qilinmagan, saylovda daʼvogarlik qilgan oʻzidan oldingi Vuk Jeremićdan farqli o'laroq, Ashe 2012-yilgi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezidenti saylovida raislik qilish uchun saylov oʻtkazishga majbur boʻlmagan.
Ashe biologik xilma-xillik va choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyalari, Bazel konvensiyasi va Monreal protokoli doirasida budjet va maʼmuriy masalalar boʻyicha muzokaralarga boshchilik qildi. Ashe Birlashgan Millatlar taraqqiyot dasturi, Birlashgan Millatlar aholishunoslik fondi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF) ijroiya kengashlarida xizmat qildi. Shuningdek, Ashe oʻz mamlakatining Jahon savdo tashkilotidagi elchisi boʻlib, Jahon savdo tashkiloti va barqaror rivojlanish masalalari boʻyicha vazirlik mas’uliyatiga ega edi.
Vafoti Ashe 2016-yilning 22-iyunida Nyu-Yorkning Dobbs Ferry shahridagi uyida oʻlik holda topilgan. Westchester okrugi, Nyu York tibbiy ekspertizaning xabar berishicha, Ashe jarohatlar (xususan, travmatik asfiksiya) va hiqildoqning sinishi tufayli vafot etganSteven Visser & Rob Frehse, John Ashe, ex-U. N. leader indicted last year, dies, CNN (June 23, 2016).
Ashe oʻzidan keyin rafiqasi Anilla Cherian va ikki farzandini qoldirgan.
Manbalar
Turkum:Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezidentlari
Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar