Quokka () (Setonix brachyurus) — uy mushuklari oʻlchamida boʻlgan kichik makropod. Quokka setonix jins vakillarining yagona aʼzosi hisoblanadi. Makropodlar oilasining boshqa marsupallari (kenguru va wallabilar) singari, quokka oʻsimlik bilan oziqlanadi va asosan tunda faol boʻluvchi hayvonlar sirasiga kiradi.
Quokkalar Avstraliyaning janubi-gʻarbiy qismidagi kichik hududlarda istiqomat qiladi. Ular asosan Gʻarbiy Avstraliya qirgʻogʻida joylashgan kichik orollarda, ayniqsa, Pert va Albaniya yaqinidagi orollarida koʻp uchraydi. Pert va Albany oʻrtasidagi oʻrmon va qirgʻoqlarda quokkalarning alohida boʻlib yashaydigan turlari mavjud. Kichik kolonalarda boʻlsa jonivorlarni himoya qilish hududlarida saqlanuvchi, yoʻq boʻlib ketishi ehtimoli boʻlgan, Gilbert potoroo hayvoni bilan birgalikda yashaydi.
Tavsifi Quokka 2,5 dan 5,0 kilogrammgacha ogʻirlikda va 40 dan 54 smgacha uzunlikda, dumi 25 dan 30 smgacha (9,8 dan 12 inch) boʻladi, bu koʻrsatkichlar makropodlar uchun juda qisqa va kam hisoblanadi. Quokkalar jussasi ixcham, orqa oyoqlari yaxshi rivojlangan va spiral quloqli hayvondir. Hozirgi kundagi quokkalar oʻzining oʻtmishdagi ajdodlaridan farq qiladi, tarixda ular koʻpincha daraxtlarga tirmashib yashagan. Hozigi kunga kelib esa asosan yerning quruqlik qismida istiqomat qiladi. Jussasining kichikligi sabab quokkalar 1,5 metrgacha boʻlgan kichik daraxtlarga tirmashib chiqishlari mumkin. Ularning yungi qalin va toʻq jigarrang koʻrinishda boʻladi. Quokkalar oʻrtacha 10 yil yashaydi. Kun davomida esa Akanthocarpus preissiida uxlaydi.
Quokkalar jinsiy aloqa tizimiga ega boʻlib, homiladorlik davridan bir oy oʻtgach, bitta joey (bola) tugʻadi. Urgʻochilar yiliga ikki marta va umri davomida 17 ga yaqin joey tugʻishi mumkin. Joey onasining xaltasida olti oy yashaydi. Xaltadan chiqqanidan soʻng joeylar ikki oy davomida ona suti bilan oziqlanadi va tugʻilganiga 8 oy boʻlganida sutdan chiqadi. Urgʻochi quokkalar 18 oy ichida jinsiy tomonlama yetuk boʻladi. Urgʻochi quokkalar xaltasida joey bor holida yirtqich hujumiga uchrasa bolasini yerga tashlab qochadi, joey boʻlsa yirtqich eʼtiborini tortish uchun ovoz chiqaradi.
Nomlanishi left|thumb|Quokkalar oilasi „Quokka“ soʻzi aslida Noongar tilidan kelib chiqqan boʻlib, asil koʻrinishi boʻlganligi haqida ehtimollar mavjud. Bugungi kunda Noongar xalqlari ularni ban-gup, bungeup va quak -a deb atashadi.
1658-yili Gollandiyalik dengizchi Samuel Volkertszoon orolda „yovvoyi mushuk“ni koʻrgani haqida yozgan. 1696-yilda Gollandiyalik tadqiqotchi Villem de Vlaming ularni yirik kalamushlar deb atagan va shundan keyin Vadjemup oroli nomini 't Eylandtʼt Rottenestga oʻzgartirgan, yangi nom golland tilida „kalamush uyasi“ degan maʼnoni anglatgan. Vlamingx dastlab ularni „juda katta kalamushlar“ sifatida tasvirlagan edi.
Ekologiya Pleystotsen davrida quokklar koʻproq boʻlgan va ochiq landshaftlarda yashagan. Yevropaliklar Avstraliyaga kelishganida ekipajdagi baʼzi yoʻlovchilar quokkalarni ovlashni boshlashgan. Oxir-oqibat quokkalar oʻz turar joylarini oʻzgartirishga majbur boʻlgan. Asosan yirtqichlar kam, oʻsimliklar koʻp boʻlgan orollar, oʻrmonlarga joylashishgan. Keyinchalik Quokkalar Gʻarbiy Avstraliyaning janubi-gʻarbiy qismida kichik jamoalarda tarqoq holda yashashni boshlashgan. Rotnesstda yovvoyi mushuklar va qizil tulkilar kam boʻlganligi uchun quokkalar shu hududda koʻproq uchraydi. Odamlar va nisbatan katta hayvonlardan himoyalanish uchun tikanli Acanthocarpus oʻsimliklari uxlash uchun Quokkalar uchun sevimli boshpana boʻlib xizmat qiladi. Bundan tashqari Quokkalar daraxtlarga chiqish qobiliyatiga ham ega.
Oziqlanishi Koʻpgina makropodlar singari, quokalar oʻsimliklar bilan oziqlanadi, jumladan oʻtlar, barglar bilan. Tadqiqotlarda gulxayridoshlar oilasining kichik buta turlaridan boʻlgan Gichenotia ledifolia oʻsimligi quokkalarning sevimli ozuqalaridan biri ekanligini aniqlangan. Rottnest orolining tashrif buyuruvchilariga quokkalarga hech nima bermasliklari taʼkidlanadi, chunki inson tanavvul qiluvchi ovqatlarning koʻp qismi quokka sogʻligʻi uchun jiddiy xavf keltirib chiqarishi mumkin. Rottnest orolida chuchuk suv juda tanqis boʻlganligi sabab quokkalar chanqoqni asosan oʻsimliklarni yeyish bilan qondirishadi. Quokalar asosan yiliga yoki undan ortiq yomgʻir yogʻadigan joylarda yashaydi.
Tarqalishi va soni thumb|Rottnest orolidagi quokka Mustamlakachilar oʻrnashib olish davrida quokka juda keng tarqalgan va koʻp boʻlgan, uning tarqalishi Gʻarbiy Avstraliyaning janubi-gʻarbiy qismidagi taxminan 41.200 km2 (15.900 kvadrat milya) maydonni, shu jumladan ikkita dengiz orollari, Bald va Rottnestlarni qamrab olgan. 1992-yilga kelib, 20-asrda quokkalar soni keskin kamayib ketganidan soʻng, ularning materikdagi tarqalishi 50% dan koʻproqqa qisqarib, taxminan 17,800 km2 (6,900 m²) maydonni tashkil qilgan.
Kichik okean orollarida son jihatidan koʻp boʻlishiga qaramay, quokkalar himoyaga muhtoj boʻlgan. Hududlarda qizil tulki, mushuk, it kabi hayvonlar koʻp boʻlganligi quokkalar hayotini xavf ostida qoldirgan. Qishloq xoʻjaligi va turar joylar qurilishining koʻpayishi quokkalar yashashi uchun toʻgʻri keladigan maydonlarning qisqarishiga olib kelgan.
Materikda taxminan 4000 ta quokka istiqomat qiladi. Ularning deyarli barchasi 50 tadan boʻlib jamoa hosil qilgan holda turli hududlarda yashaydi. Faqatgina bitta guruhdagina 700 tadan ortiq quokka birga istiqomat qiladi, ularning yashash joylari Nappan va Daniya oʻrtasidagi oʻrmonlar hisoblanadi. 2015-yilda Northcliffe yaqinidagi oʻrmonda kuchli yongʻin sodir boʻlagan va natijada 500 ta quokka zarar koʻrgan. Tadqiqotlarga koʻra ularning 90% halok boʻlganMainland quokka population decimated after 2015 bushfire near Northcliffe – ABC News (Australian Broadcasting Corporation). .
2007-yilda Rottnest orolidagi quokkalar soni 8000 dan 12000 gacha boʻlgan. Ilonlar – Rottest orolida quokkalarga xavf tugʻdiradigan yagona yirtqich hisoblanadi. Kichik Bal orolida boʻlsa quokkalar uchun zarar yetkazadigan hech qanday yirtqich hayvon yoʻq va hududdagi quokkalar soni 600-1000 tani tashkil qiladi. Yoz faslining oxirlariga kelib Rottestda quokkalar soni kamayishni boshlaydi, bunga sabab esa oʻsimliklar barglari qurishi va suv miqdorining keskin pasayishidir.
Quokkalar soni 1930-yildan 1990-yilgacha boʻlgan davrda keskin kamayib ketgan. Natijada ularning tarqalish tezligi keskin tushib ketgan va bu tendensiya bugungi kunga qadar davom etib kelmoqda. Hozirgi kunda ularning soni juda kamligi hisobiga faqatgina Pert oroli oʻrmonlaridagina quokkalarni uchratish mumkin.
Muhofaza qilish Toʻliq yoʻq boʻlib ketish ehtimoli past boʻlishiga qaramay quokkalar himoyaga muhtoj hayvonlar sirasiga kiradi. Avstraliyada iqlim oʻzgarishiga qarab landshaft ham oʻzgaradi, ammo quokka uchun maʼlum oʻsimliklar saqlanib qolishi ularning oziqlanishi va himoyalanishi uchun juda muhim. Quokkalar uchun gulxayridoshlar oʻsimligi turi asosiy ozuqa manbai hisoblanadi. Kunning eng issiq paytlarida boʻlsa quokkalar ushbu oʻsimlikdan boshpana sifatida foydalanishadi. Hududda yirtqich hayvonlar boʻlmagani sababli quokkalar uchun asosiy tahdid iqlim oʻzgarishi boʻladi. Tadqiqotlarda quokkalarning 700mm dan 1000mm gacha yomgʻir yogʻadigan hududlarda yashashi aniqlangan, ammo hududlardagi bu koʻrsatkichlar vaqt oʻtgani sayin kamayib bormoqda va u yerlarda yashash quokka uchun bir muncha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Insonlar bilan aloqasi thumb|Quokka bilan selfi suratga olgan kishi thumb|Rottnest orolidagi quokka. Quokkalar odamlardan deyarli qoʻrqmaydi, ayniqsa Rottnest orolidagilari insonlar bilan doʻstona muomalada yashaydi. Quokkalar beozor boʻlishiga qaramay, har yili 10 tacha insonni tishlash holatlari uchrab turadi. Ularga ovqat berish man qilingan. Quokkalar inson tanavvul qiladigan narsalarni yeganida juda tez kasallanib qoladi. Shu sababdan ularga ovqat berishga nisbatan qattiq choralar koʻriladi. Rottnest orolida quokkalarga ovqat berish jinoyatini sodir etganligi uchun 300 dollar miqdorida jarima joriy qilinganRottnest Island Regulations 1988 (WA), rr . Quokkalarga shavqatsizlarcha muomalada boʻlish ularni oʻldirishga nisbatan 50 ming aqsh dollari yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganRottnest Island Regulations 2007 (WA), r 40Squires, Nick (12 January 2003). .
Avstraliyaning ayrim hayvonot bogʻlarida quokkalarni uchratish mumkin. Shu jumladan Perth hayvonot bogʻi, Taronga hayvonot bogʻi, Sidney hayvonot bogʻi, Adelaida hayvonot bogʻi va Kaversham hayvonot bogʻlaridai.
Quokka bilan suratlar 2010-yillarning oʻrtalarida quokalar „dunyoning eng baxtli hayvonlari“ va ijobiylikning ramzi sifatida internetda mashhur boʻlgan, chunki ular bilan suratga tushish uchun oldilariga kamera bilan kelsangiz tabassum qiladi. Oʻshandan beri koʻplab tabassum qilayotgan quokka fotosuratlari mashhur boʻlgan va „quokka selfie“ ijtimoiy tarmoqlarda mashhur tendentsiyaga aylandi. Chris Hemsworth, Shawn Mendes, Margot Robbie, Roge Federer va Kim Donghyuk kabi mashhurlar ham quokka bilan suratga tushgan. Bu voqeadan soʻng Rottnest orollariga tashrif buyuradigan sayyohlar soni keyinchalik oshgan. Manbalar