Jonim – pop janrida ijod qilgan sobiq oʻzbek musiqiy guruhi boʻlib, 1999—2001-yillarda faoliyat olib borgan. „Qarama koʻzlarimga“ va „Oʻtib ketadi“ kabi qoʻshiqlari bilan mashhurlikka erishgan. Bastakor Vagif Zokirov tomonidan asos solingan ushbu guruh aʼzolari dastlab Zilola Musayeva hamda Aziza Nasriddinovalardan iborat boʻlgan boʻlsa, Aziza guruhni tark etgach, uning oʻrnini Vagif Zokirovning turmush oʻrtogʻi Natella egallagan. 2001-yilda Zilola yakkaxon ijodini boshlaganidan soʻng esa guruh faoliyati yakunlangan.

Tarixi Jonim guruhi 1999-yilda Vagif Zokirov taklifi bilan tashkil etilgan. Oʻsha vaqtlarda Aziza Nasriddinova bastakor Vagif Zogirov bilan birga ijod qilar edi. Zilola Musayeva esa bastakorning turmush oʻrtogʻi hisoblangan Natellaning dugonasi boʻlgan. Guruh tuzish taklifini olgan qizlar bu taklifni biroz oʻylab koʻrishgan, shundan soʻng Aziza va Zilola Jonim guruhi nomi ostida birgalikda ijod qila boshlashgan. 1999-yilning iyul oyida guruh Tarona records leybli bilan shartnoma imzolagan. Aziza Nasriddinova YouTubedagi Nozim Tolipov kanaliga bergan intervyusida Tarona records bilan hamkorligi haqida quyidagicha gapirgan edi: „Tarona records“dan umuman yordam olmaganmiz. U faqatgina kasseta, konsert va radioda qoʻshiqlarimiz berib borilishiga yordam berishgan. Guruh oʻz faoliyatini boshlaganidan ikki oy oʻtib, „Oʻtib ketadi“ nomli ilk albomini taqdim etgan. Albomning asosiy singli hisoblangan „Oʻtib ketadi“ nomli tarona esa haqiqiy xitga aylanib, guruhning tanilishiga yordam bergan. Shuningdek, ular 1999-yilda suratga olingan „Tohir va Zuhra“ filmida ham suratga tushishgan. „Oʻtib ketadi“ singli esa ushbu film uchun saundtrek sifatida ishlatilgan. 2000-yilda ular „Tarona taqdimoti“ konsert dasturida ilk bor sahnaga koʻtarilib, „Oʻtib ketadi“ qoʻshigʻini kuylashgan. Birozdan soʻng esa „Oʻtib ketadi“ taronasi uchun klip suratga olingan. Ularning 2000-yilda taqdim etgan „Qarama koʻzlarimga“ qoʻshigʻi ham katta mashhurlikka erishgan. 2001-yilning yanvar oyida Aziza guruhni tark etgan va uning oʻrnini Natella egallagan. Guruh ushbu tarkibi bilan 9 oy ijod qilgan. Ushbu vaqt davomida ular Vagif Zokirov bilan birgalikda „Qarama koʻzlarimga“ treki uchun klip suratga olishgan. Shuningdek, „Tarona 2001“ mukofotini ham qoʻlga kiritishgan. 2001-yilning oxirida Zilola ham yakkaxon ijodini boshlaganidan soʻng, guruh oʻz faoliyatini yakunlagan.

Diskografiyasi Albomi Albom Maʼlumotlari Qoʻshiqlari Oʻtib ketadi Relizi: 1999-yil Leybl: Tarona records Format: CD1. Oʻtib ketadi 2. Yulduz va oy 3. Yomgʻir 4. Armonda 5. Ayirdilar 6. Ilk oydin oqshomda 7. Uyalmagin 8. Sen 9. Tomchi yoshlar 10. Xayol 11. Koʻz yoshlar 12. Lambada 13. Qarama koʻzlarimga

Videografiyasi Yil Nomi Rejissyor 1999-yil Oʻtib Ketadi 2000-yil Yondim 2001-yil Qarama koʻzlarimga Vagif Zokirov 2000 yil Yomg'ir rejissor (rejissor Scan Multi)

2012 yil Sevaman (Madina Rashidova, Madinna Fayzullayeva)

Qayta tashkil etilishi 180px|thumb|right|Qayta tashkil etilgan Jonim guruhi vakillari Madina va Mira „Yondim“ videoklipida 2010-yilda Shahzoda (Zilola Musayeva) sobiq Jonim guruhini qayta tashkil etish maqsadida kasting oʻtkazgan. Ushbu kastingda esa Toshkentlik Madina Rashidova va Samarqandlik Mira Fatullayevalar gʻolib boʻlishgan. Keyin esa Shahzoda prodyuserligida ushbu qizlar Jonim guruhi nomi ostida ijod qila boshlagan. 2010-yilda ular sobiq Jonim guruhi tomonidan kuylangan „Uyalmagin“ qoʻshigʻini yangi talqinda ijro etib, yangi guruh sifatidagi ilk ijod naʼmunasini taqdim etishgan. Keyin esa „Yondim“ va „Qarama koʻzlarimga“ taronalarini ham remeyk qilishgan. Ushbu qoʻshiqlarga Yodgor Nosirov tomonidan videokliplar ham suratga olinib, omma eʼtiboriga havola qilingan. 2011-yilda Mira Fatullayeva guruhni tark etgan. Uning oʻrniga esa boshqa bir ijrochi olingan, ammo, guruhning faoliyati koʻpga bormagan va qayta tashkil etilgan Jonim guruhining faoliyatiga ham yakun yasalgan.

Yana qarang Shahzoda (qoʻshiqchi) Aziza Nasriddinova

Manbalar

Turkum:1999-yilda tashkil etilgan musiqiy guruhlar Turkum:Oʻzbek musiqiy guruhlari