Abu Tamim Maad al-Muʼizz li-dinillah ((); 932-yil 26 sentyabr – 975-yil 19-dekabr) toʻrtinchi Fotimiy xalifasi va 14-ismoiliy imomi boʻlib, 953-yildan 975-yilgacha hukmronlik qilgan. Aynan uning xalifaligi davrida Fotimiylar sulolasining hokimiyat markazi Ifriqiyadan (hozirgi Tunis) Misrga koʻchirilgan. Fotimiylar 969-yilda Misrdagi Fotimiylar xalifaligining yangi poytaxti sifatida Qohira (, „gʻolib“) shahriga asos solgan.

Siyosiy faoliyati Fotimiylardan keyingi uchinchi xalifa boʻlgan al-Mansur Billoh () Abu Yazid qoʻzgʻolonini bostirgan boʻlsa, uning oʻgʻli al-Muizz butun islom olamida oʻz xalifalik hokimiyatini oʻrnatish va Abbosiylarni agʻdarish ambitsiyalariga koʻproq eʼtiborini qarata boshladilar. Fotimiylar birinchi navbatda Misr va Yaqin Sharq bilan aloqada boʻlsalar-da, shunga qaramay, Magʻribda va Ispaniya Umaviylariga qarshi yurishlarni amalga oshirishgan. Shu bilan birga, Fotimiylarning Italiyaga bosqinlari Vizantiya hisobiga Gʻarbiy Oʻrta yer hududidagi dengiz ustunligini tasdiqlashga imkon bergan, hatto Sitsiliya ham maʼlum bir muddat davomida ular qaramogʻida boʻlgan.

Oʻshanda amaldagi ixshidiylar sulolasi inqirozga uchragan, Abbosiylar esa ularga qarshi hujumga oʻta olmagan. Shu sababli, Fotimiylar uchun Misrni egallash qiyinchilik tugʻdirmagan. Hudud 969-yilda hech qanday qarshiliksiz Fotimiylar qoʻliga oʻtgan. Al-Mu’izz oʻz mavqeini tiklab olgach, qirollik qarorgohini Al-Mansuriyadan yangi tashkil etilgan shahriga, yaʼni Qohiraga koʻchirgan. Misrda Yaqub ibn Killis boshchiligidagi davlat moliyasini qayta qurish boshlanishidan oldin (972–974) qarmatlarning bir necha hujumlariga qarshi kurashish kerak boʻlgan. Al-Mu’izz oʻrniga uning oʻgʻli Al-Aziz (975–996) taxtga oʻtirgan.

Madaniy merosi Al-Mu’izz boshqa dinlarga nisbatan bagʻrikenglik qilganligi bilan mashhur boʻlgan va oʻzining yahudiy va nasroniy fuqarolari orasida shuhrat qozongan. U, shuningdek, 953-yilda qoʻllar yoki kiyimda dogʻ qoldirmaydigan birinchi siyohli qalam ixtirosiga sababchi boʻlga shaxs sifatida ham tilga olinadi. Qozi an-Nu’mon at-Tamimiy (vaf. 974) oʻzining asarida al-Mu’izz qalam tayyorlashni qay tarzda buyurgani haqida yozgan.

Fotimiylar adabiyoti al-Mu’izz davrida Ibn Honiy kabi mohir shoirlarning faoliyat yuritishi bilan bir darajaga yuksalgan. U koʻpincha al-Mutanabbiyga qiyoslanadi va Gʻarbning Mutanabbiyi sifatida eʼtirof etiladi. Fotimiylar xalifaligining kanon qonuni boʻlgan Daim al-Islom al-Muizz davrida bekor qilingan.

Kopt nasroniylari bilan munosabatlari Kopt nasroniylariga al-Mu’izz davrida katta erkinlik berilgan. Koptlar imperiyaning eng yuqori lavozimlariga tayinlangan shaxslar qatorida boʻlan va ularga oʻz dinlariga erkin eʼtiqod qilish uchun ruxsat berilgan. Al-Mu’izz davrida Suriya noibi Quzmon ibn Nima nasroniy boʻlgan qibtiylardan edi. Nayruz festivali – qibtiylarning Yangi yilini nishonlashga ruxsat berilgan, ammo baʼzi tadbirlarga, masalan, olov va suv bilan oʻtkaziladigan marosimlar taqiqlangan.

Al-Mu’izz va Misr qibtiylari oʻrtasidagi munosabatlar keyinchalik qibtiy nasroniylar tomonidan yozilgan bir qancha afsonalarda ham tilga olinadi. Bunday afsonalardan biri al-Mu’izzning Iskandariya papasi Ibrohim bilan Qohiradagi Mokattam togʻida uchrashib, Matto Injilidagi bir oyatni esga olinishi bilan hikoya qilinadi.

Kopt manbalariga koʻra, Iskandariya Rim papasi Ibrohim qibtiylar jamoatiga hushyor boʻlishni va uch kechayu kunduz ibodat qilishni buyurgan. Uchinchi kechada Rim papasi Ibrohim tush koʻradi va Maryam unga Konchi Simonni qidirishni buyuradi. Afsonaga koʻra, Papa va Simon boshchiligidagi Kopt jamoasi ibodat qilish uchun Mokattam togʻiga koʻchib oʻtgan. Bu hikoya Severus Ibn al-Muqaffa tomonidan yozilgan Iskandariya patriarxlari tarixi kitobida ham keltirilgan.

Keyinchalik qibtiy manbalari bu moʻjiza al-Mu’izzni nasroniylikni qabul qilishga undaganini va u Qohiradagi Avliyo Merkuriy cherkovida barcha qoidalarga muvofiq suvga choʻmdirilganligini taʼkidlaydilar. Bu voqea hozirda „Sulton suvga choʻmish marosimi“ nomi bilan mashhurThe Coptic Synaxarium Volume II. Published by Saint Mark Coptic Orthodox Church. Cleveland, OH. 2008. pp. 200–202The Coptic Synexarion Volume I. Published by Maktabet el Mahaba. 3rd edition. Cairo 1978. pp. 173–177كنيسة أبى سيفين ومعمودية السلطان. ما زالت هذه المعمودية الغريبة موجودة والتى تختلف عن أى معمودية أخرى فى الكنائس القبطية, وموجودة حتى الآن فى كنيسة أبى سيفين فى مصر القديمة حيث يردد الكاهن الموجود فى هذه الكنيسة لزوارها عندما يريهم معمودية السلطان أن المعز لدين الله الخليفة الفاطمى قد تعمد فى هذه المعمودية The Sultanʼs Baptistry at the Church of Saint Mercurius in Cairo. This strange baptistry still exists to this day, and its shape is different from that of all other baptisteries in any Coptic church. It exists to this day at the Church of Saint Mercurius in Old Cairo. The priest of the church tells the visitors that Al-Muizz Lideenilah – the Fatimid Caliph – was baptized at this baptistry.Coptic Synexarion: Pope Abraham. Bu afsonaga koʻra, al-Mu’izz oʻgʻli foydasiga taxtdan voz kechgan va umrining qolgan qismini monastirda oʻtkazgan. Bu hikoyaning haqiqiyligini Ahmad Zakiy Posho va Muhammad Abdulloh Enan kabi musulmon tarixchilari inkor etadilar.

Oilasi Al-Mu’izzning turmush oʻrtoqlari haqida turlicha manbalar mavjud. Bir versiyaga koʻra, u oʻzining amakivachchasiga uylangan, bu ayoldan ikki oʻgʻil, shu jumladan uning vorisi al-Aziz ismli farzandi boʻlgan. Boshqa manbalarda aytilishicha, uning asosiy turmush oʻrtogʻi (as-Sayyida al-Mu’iziyya) va al-Azizning onasi Mahdiyadan kelitirilgan Durzon ismli choʻrisi (jarya) boʻlgan. Durzon oʻzining shirali ovozi tufayli (garchi bu asoslanmagan boʻlsa-da) („sayroqi“) laqabini olgan. Al-Mu’izzning yana bir nechta oʻgʻillari ham boʻlgan, lekin faqat ikkitasining ismlari manbalarda keltirilgan boʻlib, bular Tamim va Abdullohdir. Ular merosxoʻr sifatida tayinlangan, ammo otasidan oldin vafot etgan. Al-Mu’izzning yettita qizi boʻlgan, ulardan atigi uchtasi haqida batafsil maʼlumotlar mavjud: Sitt al-Malik, Rashida va Abda. Oxirgi ikkitasi 1050-yilda toʻqson yoshida vafot etgan va avlodlariga katta miqdordagi boylikni meros qoldirgan.

Yana qarang

Misr hukmdorlari roʻyxati Ismoiliy imomlar roʻyxati Shia musulmonlari roʻyxati Al-Xalifa tumani Ali ibn Muhammad al-Iyodiy

Manbalar

Adabiyotlar

Jad Hatem, Le Traité christologique du Calife al-Mu‘izz, le druzisme et le nusayrisme, Paris, Éd. du Cygne, 2013

Turkum:932-yilda tugʻilganlar Turkum:975-yilda vafot etganlar Turkum:X asrda Fotimiylar sulolasi Turkum:Suriya ismoiliylari Turkum:Fotimiylar sulolasining oʻgʻil farzandlari Turkum:X asr Fotimiylar xalifalari