Siddiqov Riskul Ergashboyevich – oʻzbek agronomi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi V chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi. Hayoti Riskul Siddiqov 1976-yilda Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumanida tugʻilgan. 1997-yilda Samarqand qishloq xoʻjalik institutini agronom mutaxassisligida tamomlagan. Faoliyatini 1997-yilda sugʻoriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli oʻsimliklar ilmiy-tadqiqot instituti Gʻallaorol filiali ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan. 2014-yildan 2020-yilgacha Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Gʻallaorol ilmiy-tajriba stansiyasi direktori va stansiya loyiha rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining V chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar