Bogdan Vladimirovich Guskov (1992-yil 12-sentyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional aralash yakkakurash ustasi, Ultimate Fighting Championship (UFC) ning yarim oʻgʻir vazn toifasida janglarda ishtirok etadi. 2026-yil 23-mart holatiga koʻra, Bogdan oʻz vaznidagi UFC reytingida 9-oʻrinni egallab turibdi.

Hayotining boshlari Guskov Oʻzbekistonning Dukent qishlogʻida etnik rus oilasida dunyoga kelgan. U qashshoqlikda ulgʻaygan va bolalikdan sport bilan shugʻullangan boʻlib, dastlab yengil atletika, soʻngra voleybol bilan mashq qilgan. Keyinchalik Bogdan sport zalida shugʻullanishni va koʻcha janglariga qiziqishni boshlagan. Guskovning onasi oʻgʻlining jangovar sanʼatlar bilan shugʻullanishiga qarshi boʻlgan, biroq intiluvchian jangchiga xolasi yordam bergan. Xolasi Guskov musobaqada gʻolib boʻlib, mashgʻulotlar bepul boʻlguniga qadar boks va kikboks mashgʻulotlari uchun haq toʻlab borgan. Guskov shuningdek, Dukent radiotexnika kollejida taʼlim olib, u yerda payvandchi sifatida oʻrta maxsus maʼlumot olgan.

19 yoshida Guskov Moskvaga koʻchib oʻtdi va 3 yil davomida sportni toʻxtatib, ventilyatsiya tizimlarini oʻrnatuvchi boʻlib ishladi. Kam maosh tufayli tungi klubda qoʻriqchi sifatida ham ishlay boshladi. 22 yoshida sportga qaytdi va bir nechta boks hamda kikboksing musobaqalarida ishtirok etdi. Klubda ishlayotgan paytida Guskov „Yugoslav“ taxallusini olgan boʻlib, dastlabki janglarini „Hugo“ laqabi ostida oʻtkazdi. Keyinchalik oʻzi uchun gʻayrioddiy narsa xohlagani tufayli „Czarevitch“ laqabini oldi. Boks va kikboksing musobaqalarida qatnashayotgan paytda oʻzida ilgarigi his-tuygʻularni topa olmadi va shu sababli MMAga oʻtishga qaror qildi.

Aralash jang sanʼatlari karyerasi

Karyerasining boshlanishi Guskov oʻzining MMA debyutini 2015-yil 20-dekabrda Biksultan Saburzhanovga qarshi oʻtkazdi va birinchi raundda raqibini magʻlub etdi. Uning keyingi janglari MMA-SERIES, MPL, FIGHT NIGHT GLOBAL, Gladius Glory Championship, Golden Team Championship, Alliance Fighting Championship, Battle of Titans, Zolotoy Vityaz MMA Golden Knight va Tech-Krep FC kabi turli turnirlarda boʻlib oʻtgan. Guskov UFC bilan shartnoma imzolashidan oldin 14 gʻalaba va 2 magʻlubiyatli rekordga rga edi shuningdek ketma-ket toʻrt jangda gʻalaba qozonib kelayotgan edi.

Ultimate Fighting Championship Guskov UFCdagi ilk jangini 2023-yil 2-sentyabrda UFC Fight Night 226 turnirida oʻtkazdi. U Azamat Murzakanovning oʻrniga Volkan Oezdemir bilan bellashdi. Guskov ushbu jangda birinchi raundda raqibining orqa boʻgʻish usuli orqali magʻlubiyatga uchradi.

Guskov 2024-yil 10-fevral kuni UFC Fight Night 236 turnirida Zac Pauga bilan jang qildi. Bogdan birinchi raundning oʻzidayoq raqibini nokautga uchratib, gʻalaba qozondi. Ushbu jang natijasida u "Kechaning eng yaxshi ishtiroki" mukofotiga sazovor boʻldi.

Guskov 2024-yilning 27-aprelida ESPN 55 telekanalida UFCda Ryan Spann bilan toʻqnash keldi. Jang Bogdanning texnik nokautli gʻalabasi bilan yakunlandi. Bu jang unga ikkinchi "Kechaning eng yaxshi ishtiroki" mukofotini taqdim etdi.

Guskov 2025-yil 18-yanvarda UFC 311 musobaqasida Johnny Walker bilan toʻqnash kelishi rejalashtirilgan.

Yutuq va muvaffaqiyatlari Ultimate Fighting Championship "Kechaning eng yaxshi ishtiroki" (Ikki marta) Zac Pauga va Ryan Spannga qarshi janglarda Moskva K-1 chempionatining kumush medali sovrindori Federatsiya kubogi chempioni va greppling boʻyicha Rossiya chempionatining kumush medali sovrindori Umumkurash boʻyicha Oʻzbekiston chempioni

Manbalar

Turkum:O‘zbekiston aralash yakkakurash ustalari Turkum:Utimate Fighting Championship jangchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar