Fabien Bachir Camus (1985-yil 28-fevral, Arles, Fransiya) – hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan futbolchi. Camus Fransiyada tugʻilgan boʻlsa-da, Tunis milliy terma jamoasi safida toʻp surgan.

Klubdagi faoliyati Camus 15 yoshida Montpellier HSC klubiga qoʻshildi. Ikki yildan soʻng, Camusni skaut (futbol skauti yosh oʻyinchilar haqida maʼlumot toʻplash uchun klublar nomidan futbol oʻyinlarida qatnashadi) nazariga tushdi va Fransiyaning boshqa bir klubi Olympique de Marseille bilan shartnoma imzoladi. 18 yoshigacha Camus zaxirada oʻynadi, ammo maʼlum vaqtdan keyin asosiy tarkibga koʻtarildi va Ligue 1da bir necha oʻyinda ishtirok etdi.

Camus Belgiya Jupiler ligasidagi ilk golini 2005-yil 30-sentyabrda Brugge klubiga qarshi oʻyinda kiritgan.

Camus 2006-07-yilgi mavsumda ajoyib natijalar koʻrsatdi, bu esa Bayer Leverkuzen, Paris Saint-Germain, AS Monaco, Moskva Spartagi va Panathinaikos kabi Yevropaning yirik klublarining eʼtiborini tortdi.

2009-yilning yozida Kamus K.R.C. Genk klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Camus 2014-yil iyul oyida Fransiya Ligue 1 jamoasi Évianga bir yillik ijara asosida oʻtdi.

2016-yilning yozida Camus Royal Antwerpen klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi.

2018-yil yanvarda Camus YR KV Mechelen klubi bilan shartnomasini mavsum oxirigacha uzaytirdi.

2018-yil dekabr oyida Camus UMS Montélimar klubi bilan shartnoma imzoladi va mavsum oxirida yana klubi tark etdiL’UMS libère 4 joueurs séniors , umsfoot-montelimar.fr, 25 June 2019.

Milliy terma jamoadagi faoliyati Camus 2009-yil fevral oyida Tunis milliy futbol terma jamoasiga chaqirilgan.

Firibgarlik 2018-yil oktyabr oyida yarim himoyachi Camus korrupsiyaga qarshi tergov doirasida ayblanib, hibsga olingan.

2018-yil noyabr oyida oktyabr oyidan beri qamoqda saqlangan Camus ozodlikka chiqarilishi kerak edi. Oʻsha paytda klubsiz boʻlgan futbolchi jinoiy tashkilotga aloqadorlikda va pul yuvishda gumon qilingan edi. Camus Fransiya janubiga qaytdi.

Statistikasi

Xalqaro

Tunis milliy terma jamoasiYilIshtGol200910201000201100201200201310201400201511Umumiy31

Yutuqlari

Belgiya Superkubogi: 2011

Manbalar

Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Royal Charleroi S.C. futbolchilari Turkum:Olympique de Marseille klubi futbolchilari Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Tunislik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar