Noa Potxoven (niderl. Noa Pothoven; 2001-yil 18-dekabr, Arnem va Gelderland, Niderlandiya – 2019-yil 2-iyun, Niderlandiya) – gollandiyalik faol, oʻlim huquqi uchun kurashuvchi, ruhiy salomatlik haqida kitob muallifi. Uning oʻz joniga qasd qilishi butun dunyoda katta aks-sado uygʻotgan.
Biografiyasi Noa hayotining aksariyat qismini uzoq davom etgan tushkunlik va ruhiy zarbadan keyingi iztiroblar bilan oʻtkazgan. U doimiy ravishda vahima holatlaridan aziyat chekkan, shuningdek asab tizimidagi muaommo tufayli ishtaha yoʻqolishidan aziyat chekkan. 11 yoshida u maktabda boʻlib oʻtgan bauram kechasida jinsiy tajovuzga uchragan. 14 yoshida esa ikki erkak tomonidan zoʻrlangan. Noa bu haqda hech kimga aytmagan, hatto ota-onasi ham uzoq vaqt davomida sodir boʻlgan zoʻrlash haqida bilishmaganEvtanaziya, kotoroy ne bilo: Kak SMI po vsemu miru pisali o smerti 17-letney Noa Potxoven. Onasi bu haqda Noaning oʻz joniga qasd qilish arafasida yozgan xayrlashuv maktublaridan birida oʻqigan.
Noa ogʻir reabilitatsiya kursini oʻtagan, ammo ahvoli yaxshilanmagan, aksincha unda aybdorlik hissi rivojlangan. U „Gʻalaba qozonish yoki saboq olish“ nomli kitob yozib, unda oʻzining barcha azob-uqubatlari va kulfatlarini tasvirlagan. Kitob muvaffaqiyat qozongan, ammo bu Noaga yengillik keltirmagan. 17 yoshga toʻlganidan soʻng, Noa mustaqil ravishda Gollandiya klinikalaridan biriga evtanaziya iltimosi bilan murojaat qilgan. Shifokorlar uni bunday qaror qabul qilish uchun juda yosh deb topib, 21 yoshga toʻlgunga qadar kutishni tavsiya etishgan.
Noa Potxoven 2019-yil 2-iyunda vafot etgan, qizning oʻlimi haqida singlisi xabar bergan. Noa dastavval suv va ovqatdan voz kechib, oʻzini ochlikdan oʻlguday holga keltirgan. Ota-onasi va shifokorlar Noani uning xohishiga qarshi davolamaslikka rozi boʻlishgan. Uning oʻlimidan soʻng, koʻplab Gollandiya va jahon ommaviy axborot vositalari Noaning oʻlimi faol evtanaziya natijasida sodir boʻlgan deb notoʻgʻri xabar tarqatishgan.
Rim papasi Fransisk Noaning oʻlimiga shunday munosabat bildirgan: „Evtanaziya va oʻz joniga qasd qilishga koʻmaklashish – barchamiz uchun magʻlubiyatdir. Biz azob chekayotganlarni hech qachon tark etmasligimiz, taslim boʻlmasligimiz, aksincha umidni tiklash uchun gʻamxoʻrlik qilishimiz va sevishimiz kerak“.
Manbalar
Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:2019-yilda vafot etganlar