Abdulqodir Fitrat () – 2007-yildan 2011-yilgacha Da Afgʻoniston banki raisi. AQShga qochib ketgan va Afgʻoniston tomonidan qidiruvga berilgan. Fitrat 2024-yil aprel oyida vafotigacha Virjiniya shtatining shimoliy qismidagi amerikalik afgʻonlarning katta hamjamiyatida yashagan.
Millati tojik boʻlgan Fitrat Afgʻonistonning Badaxshon viloyatida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni oʻz viloyatida, oʻrta taʼlimni esa Kobulda olgan. Keyinchalik Pokistonga koʻchib ketadi va Islomoboddagi Xalqaro islom universitetida iqtisodiyot boʻyicha diplom olgan. AQShning Ogayo shtati Dayton shahridagi Wright davlat universitetida esa magistr darajasini qoʻlga kiritgan. 1990-yillar oxirida Vashingtondagi Xalqaro valyuta jamgʻarmasida mehnat faoliyatini boshlagan. 2000—2001-yillarda Shimoliy Virjiniyadagi First Union National Bankda, keyinroq Jahon bankida ishlagan. Hamid Karzay prezidentligi davrida Afgʻoniston Markaziy banki raisi etib tayinlangan.
Kabul Bank inqirozi va mamlakatdan qochishi 2010-yilda Kabul Bank inqirozi yuz berganida, Fitrat ushbu voqeaning asosiy ishtirokchilaridan biri boʻlgan. Kabul Bank raisi Sherxon Farnud va boshqa mas’ullar bankning 1 milliard dollar mablagʻini oʻzlarining hashamatli hayot tarzi uchun sarflagan hamda oila aʼzolariga va doʻstlariga noqonuniy kreditlar ajratgan. 2011-yil iyunda Afgʻoniston hukumati Fitratga nisbatan hibsga olish orderini chiqardi. 2012-yil oktyabrda oʻsha davrdagi prezident Hamid Karzay Fitratga AQShdan Afgʻonistonga qaytishni buyurdi. Fitrat 2024-yil 28-aprel kuni Qoʻshma Shtatlarda rak kasalligidan vafot etdi.
Manbalar
Havolalar Interview: Afghan Central Bank Chief Quits Post, Cites 'Imminent Dangers' Profile: Abdul Qadeer Fitrat – BBC News Afghan central bank governor Abdul Qadeer Fitrat flees Topic – Abdul Qadir Fitrat
Turkum:Da Afgʻoniston banki raislari Turkum:Afgʻonistonlik iqtisodchilar Turkum:Afgʻonistonlik tojiklar Turkum:Saraton kasalligidan vafot etganlar